Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Diyor Imomxo‘jayev Ramazon oyidagi futbol vaqtlarini belgilash haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev Ramazon oyidagi futbol vaqtlarini belgilash haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Ramazon oyidagi futbol uchrashuvlari vaqti yuzasidan turli xil fikrlar har yili yangrab turadi. Masalan, kimdir futbolchilar ham odam, ular og‘iz ochmaydimi, deydi. Boshqasi ro‘za haqidamas, ishidan chiqib kelib futbol ko‘rish istagini bildiradi va hokazo.

Afsuski, bizda hammaning istagini birdek amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. O‘tgan yilgi va’damizga vafo qilib, Superliga uchrashuvlarini ish vaqtida start oldirmaydigan darajaga bir amallab olib chiqdik. Shanba-yakshanba kunlari Yevropa futboli bilan raqobatlasha olmayotganimizni tushuntirdik. Aytaylik, translyasiya masalasi haqida o‘ylamay, o‘sha kunlarga o‘yinlar qo‘yib chiqishimiz mumkin. Bu holda futbolni uyidagi divanida yotib kuzatadigan akalar xafa bo‘ladi. Keyin yevrofutbolni xush ko‘ruvchi kimdir o‘z viloyatidagi biror jamoa o‘yiniga borgandan ko‘ra, uyida (yoki do‘stlari bilan choyxonada) "MYU" yoki "Liverpul" o‘yinini ko‘rishni ko‘proq istab qolishi mumkin.

Futbol avvalambor muxlislar uchun o‘ynaladi. Shuni his qilgani holda futbolchilarimiz og‘izlarini yo maydonda yoki kiyim almashtirish xonasida ochishga harakat qilishyapti. Men esimni tanigan vaqtlarimdan buyon Toshkentga keladigan arab jamoalari ham shunday qilishardi. Ramazon sabrimizni yanada tarbiyalaydigan va yilda bir keladigan bayram.

O‘zbekiston kubogi uchrashuvlariga vaqt belgilayotganda asosan ikki jihatga qarayapmiz. O‘z muxlislari va futbolchilari hurmati projektorlarini sozlab qo‘ygan klublarning uy uchrashuvlari tanaffus vaqti og‘iz ochish fursatiga to‘g‘ri kelishi uchun harakat qilinyapti. Shuningdek, ko‘p millat va elat yashaydigan O‘zbekistonning futbolga qiziquvchi boshqa qatlami ishidan biroz ertaroq chiqib, futbolga yetib kelishini ham o‘ylashimiz kerak. Albatta o‘yinlarni umuman iftorlikdan keyin qilish imkoniyati ham bor (shuni so‘rayotganlar ham bor). Biz bunda taroveh namozini ham yoddan chiqara olmaymiz. Ya’ni, soddaroq tushuntirganda, Ramazon oyining farzlarini to‘liq ado etadigan ishli odam stadiondan turib (balki uyidan) futbol tomosha qilishi uchun harakatdamiz. Shu bilan birga, boshqalarni ham yoddan chiqara olmaymiz. Futbol aynan muxlislar uchun o‘ynalishidan kelib chiqib, futbolchilarning, futbol atrofidagilarning, OAV yoki TV xodimlarining ayni iftorlik vaqtida ish bilan band bo‘lishlariga ko‘z yumamiz. Ramazon bayram — bunda o‘z ishidan rohat olib ishlash ikki hissa bayram.

Projektori yo‘q klublar uy uchrashuvlarini iftorlikka qadar yakunlab olishyapti. Boshqa choramiz yo‘q. Chunki svet bo‘lmasa, oy yorug‘ida futbol o‘ynata olmaymiz. Va albatta talablarimiz bilan vaqti kelib ularga ham projektor qildiramiz, boshqa yo‘li yo‘q. Futbolchi ham, muxlis ham odam, yozga borib quyosh nurida futbol o‘ynash yoki ko‘rish oson ish emas.

Xullas, talab va takliflarni eshityapmiz, o‘rganyapmiz, harakat qilyapmiz. Menimcha bu hech narsaga qaramay, hech qanday prinsipsiz futbol o‘tkazaverishdan yaxshiroq. Ishonamizki, siz ham bizni tushunasiz.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 23:45, 06.04.2022.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.