Massimiliano Allegri kelasi mavsumda ham Turinning «Yuventus» klubini boshqaradi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda. Allegriga Andrea Anyelli katta ishonch bildirgan.
Qayd etilishicha, Allegri «Yuventus» Italiya Kubogida g‘olib chiqa olmasa va A Seriyaning kuchli to‘rtligiga kira olmasa ham, klubda qoladi.
Avvalroq, Massimiliano boshchiligidagi «Yuventus» o‘z maydonida Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasidan javobsiz 3 ta gol o‘tkazib yuborib, Chempionlar ligasi pley-off bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.