Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ravshan Ermatov Navoiy viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Ravshan Ermatov Navoiy viloyatida futbolni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

Baho:
+ | -

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar hududlardagi futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek kelajakda Navoiy viloyatida futbol bazasi va futbol akademiyalarini tashkil qilish bo‘yicha rejalash bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrifning dastlabki qismida viloyatdagi futbol akademiya hamda bazaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatda ushbu dargohlarning kelgusi qurilish-loyihalarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish, inshootlarning yotoqxona va oshxonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash, shuningdek, Yevropa akademiyalari kabi barcha talablarga javob beradigan sharoitlarni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan keyin bolalar-o‘smirlar maktabining faoliyati, infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘FA birinchi vise-prezidenti viloyatda davom etayotgan «DXX raisi kubogi-2022» musobaqasining uchrashuvlariga tashrif buyurdi. Musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchi yoshlar bilan suhbatda ushbu musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad mahalla yoshlari orasidan ham mahoratli futbolchilarni kashf etish va futbol sohasiga layoqati bor yoshlarni tanlab olish ekanligi qayd etildi. Uchrashuv yakunida Ravshan Ermatov musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

Manba: ЎФА матбуот хизмати
Kiritildi: 23:18, 08.04.2022.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик