Qatarning "As-Sadd" klubi himoyachisi Bualim Xuxiy Osiyo chempionlar ligasi 1-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin boshidan raqibga bosim o‘tkazdik, ammo chetlatishlar tufayli vaziyat o‘zgarib ketdi. To‘liq tarkib bilan o‘ynayotgan raqibga qarshi 9 kishi bo‘lib o‘ynaganimizga qaramay, durangga erisha oldik.
Endi e’tiborimizni keyingi turda bo‘ladigan Saudiya Arabistonining "Al-Faysaliy" klubiga qarshi bo‘ladigan bahsga qaratamiz. Shubhasiz, bu o‘yin ham qiyin bo‘ladi. Ammo biz o‘z oldimizga keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz", — dedi Bualim Xuxiy.