«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamalni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, yosh futbolchining xavfli harakatlarini cheklash uchun parijliklar avvalo to‘p nazoratiga e’tibor qaratishi kerak.
«Agar to‘p bizda bo‘lsa, demak, u Laminda bo‘lmaydi», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining navbatdagi turida «PSJ» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi.













