«Barselona» prezidenti Joan Laporta Madridning «Real» klubi olib borayotgan siyosatni keskin tanqid qilib, Kilian Mbappening 2024 yildagi transferi borasida o‘z fikrini bildirdi.
Kataloniya klubi rahbari L’Equipe nashriga bergan intervyusida madridliklarning jamoaviy manfaatlardan ko‘ra, yulduz futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratishini tanqid qildi.
«Bir katakda ikkita xo‘roz bo‘lishi mumkin emas. Bu hech qachon ish bermaydi. Futbolda eng muhim narsa — jamoa.
“Real” esa doimo katta nomga ega futbolchilarni afzal ko‘rib kelgan. Menimcha, shu sababli ular butunlay ishonchni yo‘qotishdi.
Aynan shuning uchun Florentino Peres Negreyra ishi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib, o‘zini oqlashga urinmoqda.
Natija esa bitta — “Real” ikki yildan buyon hech qanday sovrin yutmayapti!» — dedi Laporta.
Ayni paytda «Barselona» Ispaniya chempionatida 8 ta uchrashuvdan so‘ng 24 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 21 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing 10-turida «Barselona» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. «El-klasiko» 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 26 oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.













