Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferland Mendi «Chelsi»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi Sport.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 10 aprel kuni futbolchi jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazgan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi mavsumning uchdan bir qismini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi. «Chelsi»ga qarshi o‘yinda Mendining o‘rniri Nacho bosa olishi aytilgan.
«Real Madrid» birinchi uchrashuvda «Chelsi»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. Javob o‘yini 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.