Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Katta bo‘lish vaqti keldi, Nagelsmann! «Bavariya»ning YECHLdagi omadsizligining sababi nimada?

Katta bo‘lish vaqti keldi, Nagelsmann! «Bavariya»ning YECHLdagi omadsizligining sababi nimada?

Baho:
+ | -

Yulian Nagelsmanning murabbiylik faoliyati ajoyib sanaladi. U allaqachon o‘zini «Xoffenxaym» va «Leypsig» kabi jamoalarda ishlab, o‘z darajasida futbol ommasiga namoyish etgan. Biroq top-klubda hozircha uning ishlari unchalik yaxshi emas. Shu bois bugun Yulian Nagelsmann va «Bavariya» haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

2021 yilning yozida Yulian Nagelsmann «Bavariya»ni qabul qilganida, «nemis mashinasi» Bundesliganing barcha eng yaxshilarini o‘z klubida jamlash strategiyasini hisobga olsak, bu juda mantiqiy bo‘lib tuyuldi. Mutaxassis «Xoffenxaym»da o‘zini zo‘r ko‘rsatdi, kamtarona klubni Chempionlar ligasiga olib chiqdi. Keyin «Leypsig» bilan Nagelsmann «Borussiya»ni chempionatda chetga chiqarib, «Bavariya»ning Germaniyadagi asosiy raqobatchisiga aylandi.

2020 yilda «Bavariya» xorij chempionatining qaysidir murabbiyini taklif qilishi yoki Bundesliganing eng yaxshi murabbiyi, yosh Nagelsmanni tayinlashi mumkin edi. Klub ikkinchi variantni tanladi. «Bavariya» yosh mutaxassisning iqtidoriga ishondi, ammo hozircha klub ushbu murabbiy bilan o‘zi xohlagan narsasiga erisha olmayapti.

«Bavariya» ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasining 1/4 finalida musobaqani tark etdi. Nagelsmann boshchiligida esa bu birinchi marta ro‘y berdi. Bir yil oldin, «PSJ» bilan o‘yinlardagi omadsizlikning sababini prinsipial jihatdan tushunish mumkin edi. Birinchidan, raqiblar safida top-futbolchilar bor edi, bundan tashqari myunxenliklar jarohat olgan Levandovskisiz o‘ynadi. «Bavariya» bu mavsumda hech qanday bahona qila olmaydi. Myunxenliklar eng optimal tarkibda o‘ynashdi va ularning raqibi unchalik kuchli emas edi. Shunga qaramay, «Bavariya» musobaqadan erta chiqib ketdi.

Unai Emeri yosh Nagelsmanni har ikki o‘yinda ham mag‘lub eta oldi. Birinchi o‘yinda nemislar 0:1 hisobida emas, balki bundan ham yirikroq natija bilan mag‘lub bo‘lishi mumkin edi. Ammo ispan klubi o‘z imkoniyatlaridan yetarlicha foydalana olmadi. Albatta, Myunxenda mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi, ammo «Vilyarreal» ancha xotirjam himoyalandi. Ispanlar o‘z imkoniyatini kutishdi va yana kutishdi. «Bavariya»ning asosiy vaqt oxirida, konsentrasiya maksimal darajada bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqtda xatoga yo‘l qo‘ygani, juda ham ajablanarli.

Umuman olganda, «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin «Bavariya»ning Levandovskining gol urishiga umid qilishdan boshqa rejasi yo‘qligini ko‘rsatdi. Nemislar qanotdan yoki markaz bo‘ylab to‘pni polshalikka uzatishga harakat qilishdi, ispanlar esa bu paslarga shunchaki to‘siq qo‘ya oldi. Natijada «Bavariya»ning hujumi biroz zaiflashib qoldi. Nagelsmanning o‘yinni o‘zgartira oladigan «B» rejasi yo‘q edi. Maydonda o‘sha raqiblarni qo‘rquvga soladigan Sane, Myuller, Musiala, Koman, Levandovski va Gnabri hech narsa qila olmadi.

Nagelsmann o‘z jamoasini darajasida o‘ynashiga qo‘yib berdi, ammo bu yetarli emas edi. U «Xoffenxaym» va «Leypsig»da taktik jihatdan mukammal jamoa tuza olgandi, ammo «Bavariya»da murabbiy barchasini futbolchilarning o‘ziga qo‘yib berdi. Germaniya chempionatida Yulian shogirdlarining kambek qilish mahorati yetarli edi. Biroq bu — Yevropa Chempionlar ligasi va Emeri «Bavariya»ni har jabhada to‘xtata oldi.

Nagelsmanga ko‘p narsa topshirildi. Biroq o‘sha «Leypsig»da maqtovga sazovor bo‘lgan chorak final yoki yarim final «Bavariya» uchun muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi. Gap shundaki, «Bavariya» ketma-ket ikki yil davomida Chempionlar ligasining chorak final bosqichidan chiqib ketdi, vaholanki, klub turnirda g‘alaba qozonadigan jamoa hisoblanadi. Kelgusi mavsumda mutaxassis yangi imkoniyatga ega bo‘ladi, ammo jamoada o‘zgarish bo‘lmasa, «Bavariya»ning turnirda g‘alaba qozonishi dargumon. Shu bilan birga, Nagelsmann kelasi mavsum Levandovskisiz qolishi mumkin, keyin esa, super to‘purarga bog‘lanib qolmasdan, qanday natijaga erishish mumkinligini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Agar Nagelsmann o‘zgarmasa, o‘z ustida ishlamasa, uning «yaxshi mutaxassis» maqomi tez orada «top-jamoalarda ishlay olmaydishgan mutaxassis»ga o‘zgartirishi mumkin.

 

Kiritildi: 23:24, 13.04.2022.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.