Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ilhom Mo‘minjonov: “Endi bor e’tiborimizni Superliga o‘yinlariga qaratamiz”

Ilhom Mo‘minjonov: “Endi bor e’tiborimizni Superliga o‘yinlariga qaratamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Mo‘minjonov so‘zni o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Biz har bir o‘yinga jiddiy yondashamiz. Chempionatdagi omadsiz seriya kubok uchrashuvlarida ham takrorlanib qoldi. Shundan kelib chiqib xulosa qilamiz. Darvozabonimizning qo‘pol xatosi birinchi golga sabab bo‘ldi. Ikkinchi gol standart vaziyatdan urildi. Keyin maydonda 10 kishi bo‘lib qoldik. Har tomonlama xulosa qilgan xolda, Superliga 5-turiga tayyorgarlik ko‘ramiz. “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Endi bor e’tiborimizni Superliga o‘yinlariga qaratamiz.

- “Navbahor” siz uchun qadrdon klub hisoblanadi. Qachondir “Navbahor”ga qaytish rejangizda bormi? Keyin bugungi mag‘lubiyatga himoyaviy o‘yin sabab bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?

- Shiddatli o‘yin “vodiy derbisi”da kuzatilishi aniq edi. Dastlabki daqiqalarni yaxshi boshladik. Keyinroq raqib o‘yinni o‘zi tomonga bura oldi va kuchli hujumlar tashkil etdi. Xatolar ustida ishlaymiz. Bizda yo‘qotishlar bor.

“Navbahor”ga qaytish haqidagi savolingizga kelsak, yer dumaloq, balki bir kun kelib amalga oshar. Lekin hozir faqat “Neftchi” haqida o‘ylashim lozim. Superligaga jamoani olib chiqdik, endilikda rahbariyat oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun harakat qilishda davom etamiz.

- Abbos G‘ulomov qanotlarda foydaliroq harakat qilardi. Siz uni markazda o‘ynatayotganingizning sababi nima?

- Markazda Lutfulla To‘rayevning jarohati tufayli muammo bor edi. Shu sababdan uni markazga qo‘ydik. Qanotlarda futbolchilarimiz bor. U hozir Aleksandr Yeshichdan ko‘ra ham markazda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Doniyor Narzullayev, Umar Adhamzoda kabi futbolchilarimizda ham jarohat bor.

- Hujum chizig‘ida barqarorlik yetishmayotgandek tuyulmoqda. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?

- Hujum chizig‘ida nomdor futbolchilar bor. Hozirgi futbolda natijani familiyalar hal qilmaydi. Biz mashg‘ulotlarda bu bo‘yicha ishlayapmiz. Muammo ularning o‘zida. Bugungi o‘yindan so‘ng ular yana xulosa qilishadi. Futbolchining o‘zi ishlamasa, uning familiyasi bir tiyin. Ular harakat qilishmoqda, natija berishiga umid qilamiz. “Qizilqum” bilan ham yomon o‘ynamagandik, to‘p nazorati biz tomonda bo‘lgandi. Lekin gol ura olmadik. 4 ta turdan so‘ng 2 ta gol urganmiz, ular ham penaltidan. Kubokda 2 ta gol urdik, bu kam. Biz murabbiylar bu kabi xatolarni bartaraf etish uchun ishlaymiz.

- Mavsumoldi intervyularingizdan birida birinchi turda “Navbahor”ga qarshi o‘ynashni aytgandingiz. Buning sababi nima?

- Bu savolni berganingiz yaxshi bo‘ldi. Bu gapni “Neftchi” bilan o‘yinda stadion to‘lishi uchun aytgandim, lekin to‘lmadi. Baribir 2 mingdan ziyod muxlis keldi.

Kiritildi: 02:25, 19.04.2022.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.