Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Diyor Imomxo‘jayev: «Sog‘lom avlod» stadioni haqida

Diyor Imomxo‘jayev: «Sog‘lom avlod» stadioni haqida

Baho:
+ | -

Bizdagi eng katta muammo — stadionlardan oqilona foydalanmaslik. Eski tizimdagi kishilar stadion atrofini temir panjara bilan o‘rab, havoni qo‘riqlab o‘tiradi. Normal holatda stadionga yondosh hududda faqat o‘yin kuni emas, har kuni hayot qaynashi kerak.

«Andijon» klubining bugungi egalari o‘zlariga tegishli bo‘lmagan stadion uchun so‘nggi 1,5 yilda 7 mlrd so‘m pul sarfladi. Temir panjaralar olib tashlandi, stadion chegarasiga qadar aholi uchun saylgohga aylantirildi. Zamonaviy talablardan kelib chiqib, stadion ostida do‘konlar tashkil etildi.

Biroq stadion Andijon olimpiya zaxiralari kollejiga qarashli. Ya’ni, istalgan vaqtda tadbirkor stadion uchun tikkan puliga kuyib qolaveradi. Oddiy misol, tadbirkor shuncha pul tiksa ham, kelishuvga ko‘ra kollej sotilgan chiptalar umumiy qiymatining 50 foiziga ega chiqadi (chipta taxminan 15 ming so‘m). Yana klub stadionning yigirmadan ziyod ishchisiga qo‘shimcha pul to‘laydi (ular maydonni parvarish qiladi va uni o‘yinlarga tayyorlaydi).  

Agar mazkur stadion tadbirkorga investisiya kiritish sharti bilan uzoq yilga ijaraga berilsa, unda yana ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Aytaylik, kelasi yil uchun «Sog‘lom avlod» projektorini yaxshilashi kerak. Smetaga ko‘ra, bu taxminan 3 mlrd so‘mni talab qiladi.

Ayni holatda esa tadbirkor ham klubni va ham o‘ziga tegishli bo‘lmagan stadionni moliyalashtirishi qiyin masala. Aslida 2020 yil avvalida viloyat hokimiyati katta kuch tashlab, stadionni rekonstruksiya qildi, klubga chiptalar sotuvida yordam berdi, kerak paytda mablag‘ topib berdi. Bugun esa bular yo‘q.

Afsuski, shuncha pulga xorijdan sotib olingan gazon bugun talabga javob bermaydi. Drenaj tizimi ham, maysa ham yaxshi emas (Buxoroda ham xuddi shunday edi, ammo ular hammasini va nihoyat yaxshiladi). Agar ish aql bilan qilinsa, gazon xorijdan olib kelinmaydi va balki o‘zimizda yetishtiriladi. Xorijdan esa uni parvarish qiladigan texnika olib kelinadi. Shu holatda maydon minimum 5 yil davomida normal xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:03, 19.04.2022.
O'qildi: 2078 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.