Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bunaqasi boshqa uchramaydi! Birorta o‘yin o‘tkazmagan futbol afsonasi

Bunaqasi boshqa uchramaydi! Birorta o‘yin o‘tkazmagan futbol afsonasi

Baho:
+ | -

 

"Kayser" familiyasini Karlos ataylab Frans Bekkenbauerning muvaffaqiyatiga ishora qilib oldi, ammo uning do‘stining ta’kidlashicha, taxallus "Kayser" pivosi nomidan olingan. 1972 yilda Kayser "Botafogo" akademiyasiga o‘qishga kirdi va bir yildan so‘ng "Flamengo" akademiyasiga ko‘chib o‘tdi va u yerda 6 yil davomida yoshlar jamoalarida markaziy hujumchi sifatida o‘ynagan. 21 yoshida Karlos Meksikaning “Puyebla” klubi skautlarini hayratda qoldirib, o‘zining birinchi professional shartnomasini imzolagan.

 Karlos Kayser nomi bilan tanilgan, braziliyalik futbolchi, hujumchi pozisiyasida to‘p surgan. Uning qobiliyati professionallikdan yiroq bo‘lsa-da, yigirma yillik faoliyati davomida Braziliya, Argentina va Meksikaning yuqori divizionlarida ko‘plab jamoalar bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lgan. Butun faoliyati davomida u birorta ham o‘yin o‘tkazmadi va Kayser maydonga tushishi mumkin bo‘lgan yagona imkon berilgan paytda qizil kartochka bilan jazolangan. Karlos ko‘plab jarohatlar, tez-tez jamoa almashish va boshqa nayranglar bilan o‘zining futboldagi qobiliyasizligini yashirdi.

Futbolchilar va murabbiylarning ta’kidlashicha, Kayser nihoyatda xarizmatik yigit edi. U har qanday suhbatdosh bilan umumiy til topishni bilardi. Braziliya terma jamoasidagi jahon chempioni Bebeto Karlos haqida gapirdi:

“Uning suhbati shunchalik yaxshi ediki, agar unga og‘zini ochishga ruxsat bersangiz, u sizni maftun qiladi. Sizda undan qochishning imkoni yo‘q edi."

Karlos Kayser bir yildan ortiq hech qaysi klubda qolmagan. Har bir mavsum boshida Kayser mashg‘ulotlarda mushaklari shikastlangan va klub shifokoriga doimiy muammolar haqida xabar berib, butun mavsumni soxtalashtirishga harakat qilgan. MRI skanerlari hali mavjud emas edi va shifokorlar buning aksini isbotlay olmaganlar. Mavsum davomida klubda ishlagan Kayser hazillar, kulgili hikoyalar yoki o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlab, jamoaviy ruh bo‘yicha mutaxassisga aylandi. Karlos Albertoning o‘g‘li, braziliyalik sobiq futbolchi Aleksandr Torres Kayser bilan bir jamoada bo‘lgan vaqtlarini esladi:

“U ertak aytib berardi va futbolchilarni orzu qilishga undardi. Menimcha, shuning uchun ham hamma uni juda yaxshi ko‘rardi».

Karlos yoshlar jamoasi o‘yinchilariga mashg‘ulotlarda unga qarshi qo‘pol o‘ynashni tashkil qildi, bu esa unga yangi xayoliy jarohat olish imkonini berdi. Bundan tashqari, klub xo‘jayini yonida bo‘lganida, o‘z nomini ko‘kka ko‘tarishni istab, muxlislar hayqirishi uchun pul to‘lagan. Kayserni "buvijon qotili" deb atashgan, chunki u o‘zi o‘ynagan har bir klubda bu nayrangni qilgan - jamoa rahbariyatiga buvisi vafot etgani va bir necha kun dafn marosimiga ketgani, tushkunlikka tushib qaytganligi va futbol o‘ynay olmagani haqida xabar bergan.

Kayser taniqli braziliyalik futbolchi Renato Gauchoning yaqin do‘sti edi va ko‘p jihatdan Gauchoning yo‘li Kayserning shaxsiy martabasi sababini keltirib chiqaradi. Renato tez-tez do‘stini o‘zi o‘ynagan jamoalarning agentlari va murabbiylariga tavsiya etib, bu futbolchida ajoyib iste’dod borligini aytib turardi.

Futbolchilik faoliyati

“Bangu”

O‘sha paytda “Bangu” egasi Kastor de Andrade, Rio-de-Janeyroning futbol yaxshi rivojlanmagan  tomoni qiroli, noqonuniy qimor o‘yinlarining egasi va FIFA prezidenti Joao Avelanjning do‘sti (1974 yildan 1998 yilgacha) bo‘lgan. Kastor Braziliyadagi eng xavfli odam sifatida tanilgan. “Bangu”ning o‘yinlaridan biridan so‘ng u orqa cho‘ntagida qurol bilan hakamni maydon bo‘ylab quvgan.

Kastor de Andrade katta shov-shuv bilan Kayserni jamoaga olib keldi va matbuotga e’lon qildi: "Endi Bangu o‘z qiroliga ega!" Ammo bu o‘zini oqlamadi, chunki Kayser hech qachon maydonga tushmagan. O‘yinlarning birida klub 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunda Kastor radio orqali murabbiyga yosh yulduzni zudlik bilan maydonga tushirishini buyuradi. Kayserni “chigalyozdi” mashqlarini bajarish uchun yuborishdi, unga tanlov berildi: u maydonga tushadi yoki u o‘ladi. Karlos uchinchi variantni tanladi – mashq jarayonidaa muxlislar uni haqorat qilishayotganini eshitdi. U panjara ustiga chiqib, behayo imo-ishoralar qila boshladi va javoban behayo so‘zlar bilan baqira boshladi. Hakam bu voqeani payqab qoldi va hali o‘yinga ham kirmagan Kayserni maydondan chetlatdi.

O‘yindan keyin Kastor de Andrade g‘azablandi. Kayser u bilan rozi bo‘lib, shunday dedi: "Xudo ota-onamning ikkalasini ham oldi, lekin menga boshqa ota berdi. (Kastor de Andradeni nazarda tutib) Muxlislar uni firibgar deyishdi. Men chiday olmadim. Lekin xavotir olmang, bir haftadan keyin shartnomam tugaydi va men klubni tark etaman”. Kastor futbolchini jazolamadi, balki uning maoshini oshirdi va shartnomasini uzaytirdi.

“Gazelek”

Ko‘pgina braziliyalik yulduzlar singari, Karlos Kayser 80 yillarda Yevropaga o‘ynash uchun borgan - Fransiyaning Ajaccio shahridagi "Gazelek" klubida, Liga 2da o‘ynagan. Kayser klubning asosiy xaridi edi va yuzlab muxlislar yulduzning taqdimotiga tashrif buyurishdi. Kayserdan to‘pni darvozaga tepishini so‘rashganda, uni muxlislar tomon zarba yo‘llagan. Keyin esa buni ishqibozlarga esdalik sovg‘asi deya oqlagan.

“Botafogo”

Kayser doimiy ravishda har qanday mavjud vositalar yordamida o‘z shaxsiga qiziqishni kuchaytira oladi. Birinchi mobil telefonlar paydo bo‘lgach, Kayser o‘ziga o‘yinchoq telefon sotib oldi va undan o‘zini skautlar va boshqa jamoa menejerlari bilan suhbat qilayotgandek ko‘rsatgan. O‘yinchoqni esa haqiqiy telefon kabi ishlatdi. Karlos ingliz tilini bilmas edi, lekin uning jamoadoshlari ahvoli ham shu bo‘lgan. Shuning uchun Kayser "Real Madrid"gacha bo‘lgan Yevropaning turli klublari vakillari bilan ingliz tilida muzokaralar qilgandek ko‘rindi. Bu kunlarning birida Kayser jamoa shifokori ingliz tilini yaxshi bilishini sezguncha davom etdi. Karlos mashg‘ulotdan so‘ng dushda bo‘lganida, shifokor futbolchining telefonini tekshirib ko‘rgan va u o‘yinchoq ekanligini aniqlagan. Kayser «Botafogo»ni sharmanda qilib tark etdi.

Kayser o‘z faoliyatini 29 yoshida yakunlagan. Faoliyatida kamida 13 ta transfer amalga oshirilgan va ba’zi klublar bilan 2 marta shartnoma imzolagan (“Botafogo”, “Flamengo”, “Bangu”).

Karlos Kayser o‘z faoliyatini yakunlagach, Rio-de-Janeyrodagi fitnes klublarida instruktor bo‘lib ishlagan

Kino

2015 yil noyabr oyida Karlos Kayser Britaniyaning Nods & Volleys Entertainment Limited kompaniyasi bilan OAV uchun o‘z hikoyasini ishlab chiqarish uchun eksklyuziv shartnoma imzoladi. Intervyu seriyasini suratga olish 2016 yil dekabr oyida yakunlangan. Suratga olish jarayonida Karlos Alberto Torres, Renato Gaucho, Ziko, Bebeto, Junior va Rikardo Roxa kabi futbolchilar ham ishtirok etgan. Hujjatli film "Kayser! Hech qachon futbol o‘ynamagan eng buyuk futbolchi” nomi bilan birinchi marta 2018 yil 21 aprelda Tribeka kinofestivalida namoyish etilgan.

Kitob

2018 yilda jurnalist Rob Smit xuddi shu nomdagi “Kayser: Hech qachon futbol o‘ynamagan eng buyuk futbolchi” kitobini chop etdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:56, 28.04.2022.
O'qildi: 6108 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.