"Yuventus" prezidenti Andrea Anyelli Superliga va Angliya Premyer-ligasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bizda allaqachon Superliga bor: bu Angliya Premyer-ligasi, chunki iqtidor eng yaxshi maosh oladigan joyga boradi. Premyer-liga yiliga 4,2 milliard yevro ishlab oladi va asta-sekin barcha iste’dodli futbolchilarni o‘ziga tortadi", deydi Anyelli.
34-turdan keyin “Yuventus” 66 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.