Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-1 Persib

Joze Mourinyoning ko‘z yoshlari

Joze Mourinyoning ko‘z yoshlari

Baho:
+ | -

Ortda qolgan bir necha kun ichida futbol voqelik sifatida tomoshabinga berishi mumkin bo‘lgan barcha hisni berdi, menimcha. Chempionlar ligasi  yarim finali javob o‘yinlari, ayniqsa Madridda kechgan uchrashuvdan so‘ng futbol sayyora bo‘ylab yana millionlab yangi muxlislarga ega bo‘ldi. Axir bir eslab ko‘ring – deyarli har birimiz qandaydir katta o‘yin, yirik musobaqa yoki biror futbol yulduzi tufayli ushbu sport turiga qiziqib qolganmiz.

“Real Madrid” – “Manchester Siti” qarama-qarshiligi darhol klassik o‘yinga aylanib ulgurdi. Biroq hozir bu haqda to‘xtalgim yo‘q. E’tiboringizni yirik turnirlar, tarixiy uchrashuvlar soyasida qolib qolib ketgan ko‘z yoshlarga, Joze Mourinyoning ko‘z yoshlariga qaratmoqchiman. “Lester”ga qarshi o‘tgan Rimdagi yarimfinal uchrashuvi yakunlanishi bilan ko‘z yoshlarini tutolmagan portugaliyalikka qarab ta’sirlanmaslik ilojsiz.
 
Shon-shuhrat – narkotik. Yillar davomida maydonda, mashg‘ulotlarda, matbuotda yoki shunchaki atrofdagilar bilan muloqotda markaziy nuqta, barchaning e’tiboridagi inson bo‘lib, so‘ng birdan bu mavqeni yo‘qotib qo‘yish katta ruhiy bosimga sabab bo‘lishi aniq. Bir vaqtlar uning musobaqasi deb qaralgan Chempionlar ligasida Mourinyo oxirgi marotaba o‘yin o‘tkazganiga 4 yil bo‘ldi. Bugun CHL yarimfinalchilari orasida Pep Gvardiola, Yurgen Klopp va hatto Unai Emeri bor. Lekin anchadan beri Joze “taklif etilmayapti” bu futbol bayramiga.
 
Bir jarayonni tushunish menimcha juda muhim. Joze Mourinyo 2004 yilning yozida “Chelsi” bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanida  – “Men bir o‘zgachaman” (I am a Special One), - deb e’lon qilar ekan, o‘zi uchun faoliyatining oxirigacha shuhrat bilan birga bosim ham xarid qilgandi. Buyog‘iga uning og‘zidan chiqqan har qanday gap sarlavhalarga ko‘char, tildan-tilga o‘tib iqtibos bo‘lib fazo kezib yurardi. Toki bu mashhurlik, shuhrat va yengilgina surbetlik murabbiy sifatidagi muvaffaqiyatlar bilan yonma-yon ekan hammasi joyida edi. Biroq, sovrinlar yo‘qolib, u boshqarayotgan klublar darajasi pasayib borar ekan, endi uning qachonlardir aytgan yoki endi aytayotgan so‘zlari teskari effekt bera boshladi. So‘nggi bir yilning o‘zida murabbiy jurnalistlar bilan ko‘p bor turli darajadagi ziddiyatlarda ishtirok etdi. Endi u matbuot anjumanlarini boshqarmas, markaziy nuqta, barcha hayratdan dong qotib tinglaydigan spiker emasdi. Endi savollar keskinroq yangrar, javobdan qoniqmaslik kuzatilardi.  

Mutaxassisning “Roma”dagi faoliyatga to‘liq baho berishga hali erta, albatta. Bir tomondan klub kelasi mavsum ham Yevropaning bosh musobaqasida ishtirok etmasligi aniq. Biroq bu mavsumni sovrin bilan yakunlash imkoni bor hali. Italiya chempionati va kubogida kutilgan natijalar qo‘lga kiritilmagach, yagona umid – Konferesiyalar ligasi.
 
Tabiiyki, bu musobaqa finaliga yo‘l olish Joze uchun prinsipial masala edi. Murabbiy mart va aprel oylarida, hali to‘rtlikka kirish imkoni bo‘la turib ham A Seriyaning ba’zi o‘yinlarida asosiy tarkibni maydonga tushirmay, bor e’tiborini shu turnirga qaratdi. Do‘stlariga, raqib va dushmanlari, umuman butun dunyogi murabbiy sifatida hali tirik ekanini aytish uchun ham titul kerak. Bu sovrinning nomi esa ayni davrda Mourinyo uchun ahamiyatsiz, Konferensiyalar ligasi bo‘ladimi yoki press-konferensiyalar ligasimi, farqsiz! Muhimi so‘zlari ishlariga yetib olishi uchun kichik bir asos kerak. Asosiysi fe’lidagi o‘sha o‘zgachalik yana o‘ziga yarashib turishi uchun yutuq zarur. Kelasi yutuqlarga umid beruvchi, mitti bir uchqun zarur.  

Odatda nutq mobaynida o‘tmish yoki zamonamizdagi mashhur insonlardan iqtibos keltirish, ularning nomini biror ko‘rinishda tilga olish eshituvchiga notiqning asl maqsadini oson yetkazib berishga ko‘maklashadi. Mourinyo Rimdagi o‘yindan so‘ng jumladan shunday dedi:  

“Agar qarshi bo‘lmasangiz man do‘stim, buyuk murabbiy Karlo Anchelottiga murojaat yo‘llamoqchiman: kel, ikkimiz finallarda g‘alaba qozonamiz”.  

Albatta, Karlo va Jozening do‘st, yaqin do‘st ekani bor gap. Boz ustiga, ikkisini “Real”dagi faoliyat bog‘lab turadi. Biroq  bu so‘zlari bilan Joze – “men asli o‘sha CHL finali darajasidagi murabbiy bo‘lib qolaveraman” – demoqchidek ko‘rindi menga.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 16:00, 09.05.2022.
O'qildi: 3589 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.