Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Benzema Chempionlar Ligasining yangi qiroli. Ammo u bunday natijalar qayd etgan birinchi futbolchi emas...

Benzema Chempionlar Ligasining yangi qiroli. Ammo u bunday natijalar qayd etgan birinchi futbolchi emas...

Baho:
+ | -

Krishtianuning statistikasi biroz yaxshiroq...

Chempionlar ligasida har yili o‘z jamoasini final tomon yetaklaydigan futbolchisi bo‘ladi. Joriy mavsum Chempionlar ligasida 11 o‘yinda 15 ta gol urgan (pley-offda 10 ta) va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan Karim Benzema musobaqaning yangi qahramoni bo‘ldi. Ammo fransuz futbolchisi bunday o‘yinlar namoyish etayotgan ilk futbolchi emas. Oldingi mavsumlar pley-off bosqichida ham shunday yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchilar bor va biz hozir ushbu o‘yinchilarni eslashga qaror qildik.

Riyod Mahrez, Manchester Siti, 2020/2021 yilgi mavsum, pley-offda 4+2 (jami 4+3)

Bir yil avval “Manchester Siti” finalda “Chelsi” bilan (0:1) o‘ynagan va “shaharliklar” ko‘p jihatdan Riyod Mahrez tufayli shu bosqichga yetib kelgandi. Jazoirlik futbolchi Myonxengladbaxning “Borussiya”si bilan 1/8 final javob uchrashuvida (2:0) 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Keyin esa Dortmundning “Borussiya”siga qarshi 1-o‘yinda golli uzatma (birinchi o‘yin, 2:1) va gol (ikkinchi o‘yin, 2:1) qayd etdi. Yarim finalda Mahrez “PSJ” bilan yolg‘iz o‘zi kurashdi, deyish mumkin: u mehmonda g‘alaba to‘pini kiritdi (2:1), o‘z uyida esa dubl qayd etdi (2:0). Shunday qilib, parijliklarga qarshi o‘yinda kiritilgan to‘rtta goldan uchtasi uning hisobiga yozildi.

Yozua Kimmix, Bavariya, 2019/2020 yilgi mavsum, pley-offda 1+4 (jami 2+4)

Nemis futbolchisi gol urmasdan "Bavariya"ni chorak finalga olib chiqdi. Kimmix guruh bosqichida bitta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo chorak final, yarim final va final 100% ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. Yarim himoyachi "Barselona"ning sharmandalarcha mag‘lub etilishida (8:2) munosib ishtirok etdi: avvaliga uzatma berdi, keyin gol urdi. "Lion" bilan yarim finalda (3:0) Yozua birinchi va uchinchi gollarga, aniqrog‘i Serj Gnabri va Robert Levandovskining gollariga pas berdi. Shuningdek, final uchrashuvida ham g‘alaba golini kiritgan Kingsli Komanning goliga hammualliflik qilgan.

Sadio Mane, Liverpul, 2017/2018 mavsum, pley-offda 7+0 (jami 10+1)

O‘sha mavsumda Mane guruh bosqichining ikkinchi turida "Spartak"ga qarshi o‘yinda golli uzatmani amalga oshirgandi. Bu ikkinchi davrada senegallik futbolchi dubl bilan moskvaliklarni ranjitdi. Shuningdek, Sadio “Sevilya” darvozasiga ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Mane ham pley-offda YECHLni “portlatdi”: 1/8 finaldagi “Portu”ga qarshi o‘yinda (5:0, 0:0) beshta goldan uchtasini kiritdi, chorak finalda “Manchester Siti” bilan birinchi o‘yindayoq keyingi bosqichni hal qildi (3:0), yarim final doirasidagi "Roma"ga qarshi o‘yinda ham g‘alaba to‘pini kiritdi va Kiyev finalida "Real Madrid" kiperini ham bir marta xafa qilishni uddaladi (1:3).

Krishtianu Ronaldu, Real Madrid, 2016/2017 mavsum, pley-offda 10+2 (jami 12+6)

2016/2017 yilgi mavsumni Ronaldu ajoyib o‘tkazdi. "Real"ning sobiq hujumchisi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdan tashqari, 13 o‘yindan faqat ikkitasida samarali harakat amalga oshira olmadi. 1/8 final bosqichidagi "Napoli" bilan qarama-qarshilikning har ikkisida ham (3:1, 3:1) Krishtianu sheriklariga gol urishga yordam berdi.  Ammo keyin uning o‘zi vaziyatlarni yakunlay boshladi. U "Bavariya"ga qarshi ikkita o‘yinda beshta gol urdi (2:1, 4:2), "Atletiko"ni finalsiz qoldirdi (birinchi o‘yinda xet-trik qayd etdi - 3:0) va "Yuventus"ga qarshi final o‘yinida dubl qayd etdi (4:1).

Neymar, Barselona, ​​2014/2015-mavsum, pley-offda 7+0 (jami 10+0)

"Barselona"ning Chempionlar ligasidagi so‘nggi g‘alabasida Neymar-Suares-Messining xizmatlari katta. Ushbu trio “ko‘k-anorranglilar” hujum chizig‘ini shunchaki “yondirdi”. Braziliyalik futbolchi guruh bosqichida uchta gol urdi, biroq chorak finaldan boshlab uni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. Neymar “PSJ”ga qarshi birinchi o‘yinda bitta (3:1) va javob o‘yinida (2:0) ikkita gol urdi. Yarim finalda braziliyalik "Bavariya"ni “uloqtirib yubordi” (3:0, 2:3o‘z uyida 1 gol,mehmonda 2 ta gol). Neymar “Yuventus”ga qarshi final uchrashuvining qo‘shib berilgan vaqtida (3:1) uchinchi golni raqib darvozaga yo‘lladi va yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Karim Benzema, Real Madrid, 2021/2022 mavsum, pley-offda 10+1 (jami 15+2)

Guruh bosqichida Benzema beshta gol urdi (uchtasi "Shaxtyor", ikkitasi "Sherif" darvozasiga). Pley-off bosqichining birinchi o‘yinida“Real”“PSJ”ga yutqazdi (0:1), ammo keyin madridlik kambeklarni amalga oshirishni boshlandi. Fransiyalik futbolchi javob o‘yinida uchta (3:1), keyin “Chelsi”ga qarshi mehmondagi o‘yinda uchta (3:1), o‘z maydonida kechgan bahsda esa yana bir golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi (2:3). "Manchester Siti"ga qarshi birinchi yarim final o‘yinida "Real"ga hujumchining dubli ham yordam bermadi (3:4), javob o‘yinida esa 1 gol va 1 golli uzatmasi evaziga jamoasini finalga olib chiqdi (3:1).

Kiritildi: 22:26, 10.05.2022.
O'qildi: 3523 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.