Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«MYU»da yechimini kutayotgan 7 muammo

«MYU»da yechimini kutayotgan 7 muammo

Baho:
+ | -

«MYU» Chempionlar Ligasidan chetda qoladigan ko‘rinadi. Bu klubdagi muammolarning bir qismi, xolos. Mazkur holat murabbiyga qo‘l kelishi ham mumkin, zero YECHLsiz ham qiladigan ishlar talaygina.


1. Futbolchilar  hukmronligini yo‘qotish

Erik ten Xagga tarixdagi eng zararli kiyinish xonasi tegadigan ko‘rinadi. U yer shubha, ishonchsizlik, xudbinlik va boshqa yomon illatlar bilan zaharlangan. Futbolchilar nazorati qo‘ldan chiqqani haqida Moyes, van Gal va hattoki, Mourinyo ham gapirishgandi. O‘zlarinikidek ko‘ringan Sulsherni ham o‘yinchilar sotishdi. The Times manbasining xabar berishicha, «MYU»ning ayrim futbolchilari ten Xagdagi murabbiylik salohiyatini tan olishayotgan bo‘lsada, uning klub xarakterini o‘zgartirishga kuchi yetishiga ishonishmayapti.

Ten Xag uchun yaxshixabar: Pol Pogbaning o‘zi chetga chiqib, hattoki, jamoaning WhatsApp tarmog‘idagi chatini ham tark etdi. Boshqa murakkab shaxslar bilan munosabatlarda esa Erikdan mahoratini ko‘rsatish talab etiladi.


2. Krishtianu Ronaldu?

Avvalroq «Chempionat» yangi «MYU»ni Ronaldu atrofida qurib bo‘lmaslik sababi haqida yozgandi. Bu haqda yana takrorlamoqchi emasmiz. Krishtianu ETXning kiyinish xonasiga birlikni qaytarish bo‘yicha urinishlarini qanchalik yo‘qotishga qodir bo‘lsa, o‘zgarishlarga shunchalik katta impuls berishi ham mumkin. Ko‘p narsa Ten Xag va Ronalduning munosabatlari qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi. Murabbiy uchun, albatta, ideal ssenariy - Krishtianuning chiroyli tarzda ketishi. Ortiqcha gap-so‘zlarga hojat yo‘q.


3. Tayanch chizig‘ida kim o‘ynaydi?

Muammo mavsumdan-mavsumga o‘tib bormoqda. Avvalroq «Pogbadagi yalqovlikni yashirish» vazifasi kun tartibida turardi. Busiz ham masala ochiqligicha turibdi. Hozirgi tarkibda tanlov imkoniyati past:

• Skott Maktominey — klub tarbiyalanuvchisi, jasur, mehnatkash, biroq pozisiyasini boy berish mumkin, umuman, top-darajaga o‘tish vaqtida to‘xtab qoldi.

• Nemanya Matich — faxriy, ketmoqchiligini bildirdi.

• Fred — Rangnik paytida porlagan kamsonli futbolchilardan biri. Hujumga yaqin hududda samaraliroq harakatlanadi.

• Navqiron Jeyms Garner bor, u hozir «Nottingem»da tajriba to‘plamoqda.

Ten Xag, albatta, ikki markaziy yarim himoyachi bilan ham o‘ynashi mumkin, lekin maydon markazidagi o‘yinni yangi futbolchilardan biri hisobiga qursa, kerak. Rays, Tchuameni, Gravenberx, de Yong, Aydara, Laymer — muzokaralar davom etmoqda.


4. Mudofaa markazida kim o‘ynaydi?

Yana bir fundamental muammo. Avvalroq Xosep Gvardiola «Man Siti»dagi himoyachilarning o‘zi uchun 450 mln. yevroga yaqin pul sarflaganini aytishgandi. «MYU»ning hozirgi tarkibdagi markaziy himoyachilar uchun to‘lagan summasini hisoblasak, 219,3 mln. yevro kelib chiqadi: Varan (40 mln.), Maguayr (87 mln.), Lindelyof (35 mln.), Bayi (38 mln.), Jons (19,3 mln.). Ularning barchasi klubda qolishi amrimahol. Bayi maydonga tushishni xohlaydi, lekin hamisha jarohatini davolash bilan band. Jiddiy shikastlanishdan so‘ng qaytgan Jons o‘zining yuqori cho‘qqisini bosib ulgurgan, chog‘i. Lindelyofning klubga kelganiga 5 yil bo‘ldi, ammo harakatlaridan endigina APLga ko‘nikayotgandek. Maguayr - shunchaki, fojia. «MYU»ning Antonio Ryudigerga qulay sharoit taklif qilgani, Ronald Arauxo ortidan quvgani, Pau Torres uchun raqobatga kirishgani va Yurriyen Timber bo‘yicha aloqalarni yaxshilayotgani tushunarli.

 

5. De Xeami  yoki Xenderson?

Ten Xag tizimiga aniq birinchi pas evaziga hujum boshlaydigan darvozabon kerak. David de Xea faqat superqutqarishlari bilan dovruq qozongan, biroq uning uzatmalardagi sustkashligi Lui van Gal davridayoq ko‘zga tashlangandi. Joriy mavsum ispaniyalik kiperdagi aniqlik ko‘rsatkichi 69 foizga teng (solishtirish uchun, Ederson bu borada 88 foizlik natijaga ega). Garchi Manchester Evening News va ESPN nashrlarining yozishicha, de Xeaning ten Xag talablariga mos tushishi shubha ostida. Biroq hozircha bu muammo ustuvor ahamiyatga ega emas. Lekin David birinchi raqamda qolsa, Din Xenderson aniq ketishga shaylanadi. Joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushgan 25 yoshli angliyalik kiper yana bir-ikkki yil ijarada sarson yurishga ko‘nmasa kerak. Qadrdon klubi unga ishonch bildirmas ekan, vaqtni behuda kutishga sarflashdan nima naf? Umuman, Xenderson ham deylik, Andrey Onana singari salohiyatga ega emas. Din bunday tizimda o‘ynamagan, «Sheffild Yunayted»dagi faoliyati va Sulsher qo‘l ostida o‘tgan mavsum-2020/2021da tezkor vertikal futbol bo‘lgan. Ammo Xendersonda ten Xag mashg‘ulotlari payti diqqat bilan tinglash uchun motivasiya yetarli.


6. Brunomi yoki van de Bek?

Mabodo, «Everton» elitani tark etsa, Donni cho‘kkan kemadan qutulib, Manchesterga - sevimli murabbiyining yoniga boradi. Balki ten Xag maydon markazida aynan van de Bekka ishonch bildirar. Avvalroq bunga urinib ko‘rishgan, lekin Donni sust ko‘ringandi. Agar murabbiy ishonchi uni boshqa tomondan kashf etmasa, faqat shartli «o‘nlik» pozisiyasi varianti qoladi, xolos. U yerda esa Bruno Fernandesh bor.

Aprelda portugaliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma 2026 yilgacha uzaytirildi. Bruno - hozirgi «MYU»ning vijdoni. «Liverpul»ga imkoniyat boy berilgach (0:4), jamoalar o‘rtasidagi farqni aniq tahlil qildi: «Ular sovrin uchun, «MYU» esa hech narsa uchun kurashmoqda». Fernandesh - ba’zan imkoniyatlariga haddan ziyod katta baho berib yuboradigan o‘ziga xos xarakter egasi. Hujum individual performanslar prinsipiga asosan ishlaganda, bu ayni muddao - nostandart yurishlar himoyani yorib o‘tishda asqotadi. Ten Xag esa avtomatizasiya va aynan jamoaviy mehnatga erishishga urinadi. Hattoki, Bruno ham bunga moslashishi talab etiladi.


7. Reshfordni qanday «tiriltirish» mumkin?

Joriy mavsum - Markus uchun dahshatning o‘zginasi. Milliy qahramondan (garchi bu xayriya bo‘yicha tashabbuslari evaziga bo‘lsada) jarohat olmaganda zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradigan yigitchaga aylanib qoldi. Hujumchi joyini Ronaldu egalladi, qanotlarda Sancho va Elanga javlon urishmoqda. Reshford esa formasi va qat’iyatni yo‘qotgan. Hattoki, o‘z muxlislari bilan janjallashishgacha bordi («Atletiko» bilan o‘yindan keyin). Rangnikning munosabati ham ahvolning yaxshilanishi uchun yetarli bo‘lmayapti. «Everton» bilan bahsda binoyidek to‘p surayotgan Markusning almashtirilishi ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

Reshford JCH-2022 arafasida Angliya termasiga kirish imkoniyatini yo‘qotayotganidan xafa. Mazkur holatda unga «Barselona» va «PSJ»dan qiziqish bo‘lmoqda, ushbu klublar mediasining «tishi» unchalik o‘tkir bo‘lmagan yangi chempionatda asosiy futbolchi rolini taklif etmoqda. E’tiborlisi, Markus endigina 24 yoshga to‘ldi. Hozir barchasini o‘zgartirish yoki yangi loyihaning bir qismiga aylanish vaqti. OAV xabarlariga ko‘ra, Reshford ten Xagning bosh murabbiylikka tayinlanganidan xursand va asosiy tarkibdagi joy uchun kurashishga tayyor.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 07:15, 11.05.2022.
O'qildi: 4759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.