Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Xorijiy mutaxassislar “Markaziy” stadionda yakuniy inspeksiya ishlarini olib bordi

Xorijiy mutaxassislar “Markaziy” stadionda yakuniy inspeksiya ishlarini olib bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Qarshi shahrida joylashgan “Markaziy” stadion joriy yilning iyun oyida o‘tadigan U23 Osiyo kubogining muhim uchrashuvlariga mezbonlik qiladi.

Osiyo kubogi Tashkiliy qo‘mita mas’ullari va OFKning tijoriy hamkori Football Marketing Asia (FMA) vakillari Qarshi shahriga tashrif buyurib, ushbu stadionda navbatdagi inspeksiya ishlarini olib bordi.

Mutaxassislar musobaqa davrida tijoriy masalalar hamda reklamalarni joylashtirish talablari va imkoniyatlari, OFKning hamkor va homiylari, tele-translyasiya va media vakillariga yaratib beriladigan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yil boshidan buyon O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda “Nasaf” klubi bosh homiysi “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi birgalikda “Markaziy” stadionining infratuzilmasini zamonaviylashtirish, xalqaro turnirlarni qabul qilish talablarga javob beradigan darajaga olib chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, musobaqa taqvimidan kelib chiqib stadionda qo‘shimcha yana ikkita kiyinish xonalari qaytadan rekonstruksiya qilindi va futbolchilar maydonga chiqib kelishi uchun yangi yo‘lak (tunnel) barpo etildi.

Media markaz, media tribuna va qo‘shimcha funsional xonalar qaytadan jihozlandi. Ayni damda yakuniy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va yaqin kunlarda o‘yingoh OFK talablariga muvofiq to‘liq foydalanishga topshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, Qarshi shahrida musobaqaning “B” guruhidan o‘rin olgan beshta o‘yini hamda O‘zbekiston va Eron U23 terma jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 10:01, 11.05.2022.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик