Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xudo asragan yulduzlar. Arauxo yolg‘iz emas

Xudo asragan yulduzlar. Arauxo yolg‘iz emas

Baho:
+ | -

 

Tunda bo‘lib o‘tgan “Barselona” va “Selta” qarama-qarshiligi ko‘pchilik futbol ishqibozlarini havotirga soldi. Negaki ikkichi taym o‘rtalarida “ko‘k-anorranlilar”ning istiqboli porloq himoyachisi Ronald Arauxo jiddiy jarohat oldi. Ma’lumotlarga qaraganda uning bosh miyasi chayqalgan. Bunday holatlar futbolda uchrab turadi. Quyida nafaqat boshidan jarohat olgan, balki bu dunyodan xayrlashishiga bir bahiya qolgan futbol yulduzlari bilan tanishib chiqamiz.

 Petr Chex (“Chelsi”)

 Ushbu ismni eshitgan ishqiboz ko‘z oldida shlem bilan darvoza qo‘riqlaydigan futbolchi gavdalanadi. Chexning e’tibor tortadigan jihati albatta uning bosh kiyimida. Ammo chexiyalik posbon o‘zining super seyvlari bilan ham ko‘pchilik muxlislariga ega. 2006 yil 14 oktabr kuni “Chelsi” “Riding” mehmoni bo‘lgan va o‘yinning 15-soniyasida “oq-ko‘klar” hujumchisi Stiven Hant oyog‘i bilan o‘zi istamagan holda to‘pni egallab yotgan darvozabonga zarba berib yuborgan. Natijada Chexning bosh suyagi singan. Jarohat shu darajada jiddiy bo‘lganki, buning oqibatida Petr hayotdan ko‘z yumishiga oz qolgan. Agar zarba bir necha santimetr yo‘nalishini o‘zgartirganda biz ajoyib darvozabonning harakatlaridan bahra olmas edik. Bu zarba uning hech bo‘lmaganda faoliyatiga yakun yasar edi. “O‘sha voqeadan keyin hamma meni ko‘rsa qotilni ko‘rgandek bo‘lgan” – degan edi Hant.

Erik Garsiya (“Manchester Siti”)

Xa bo‘ o‘sha “Barselona” himoyachisi Erik Garsiya. U ham futbolchilik faoliyatini erta yakunlashi mumkin edi. Aniqrog‘i endi boshlangan faoliyat shu joyida yakunlanishiga juda oz qolgan.

“Arsenal”ga qarshi 2020 yil iyun oyidagi bahsda “Manchester Siti” himoyachisi bo‘lgan Erik Garsiya jamoadoshi Ederson bilan jiddiy to‘qnashuvda maydonga qulagan. O‘sha paytlar Erik “shaharliklar” a’zosi edi. Yuqoridan kelayotgan to‘pni uzoqlashtirish uchun Erik sekragan va uning ortidan Ederson mushtlari bilan Garsiyaning boshiga jiddiy zarba bergan. O‘sha raytda butun stadion jim boo‘lib qolgan edi. Muxlislar orasida ispaniyalikni o‘lib qolgan degan fikrlar ham bo‘lgan. Sababi Ederson rostdan ham himoyachiga o‘ta jiddiy zarba bergan. Buning uchun darvozabon keyinchalik uzr so‘ragan.

 “Erik juda iqtidorli futbolchi. U orqa chiziqni boshqara oladigan aqlga ega. Uning tuzalib ketishini kutamiz” – Pep Gvardiola.

Fernando Torres (“Atletiko”)

Torres bir vaqtlar ko‘pchilik ishqibozlarning sevimli hujumchisi bo‘lgani bor gap. Uning o‘yin uslubi ajoyib edi. “Atletiko” esa rostmana Torresning uyi bo‘lgan.

Ispaniyaning "Deportivo" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi 25-tur uchrashuvida Fernando Torres jarohat olgandi. Hammasi dahshatli ko‘rinardi.

Uchrashuvning 85 daqiqasi, Torres o‘z jarima maydonchasi yaqinida himoyaga ko‘maklashayotgan edi va kutilmaganda mezbonlar himoyachisi Aleks Bergantinyos bilan boshlar to‘qnashuvi bo‘ldi. Bu to‘qnashuvda Torres jiddiy aziyat chekdi. Negaki forvard o‘sha vaziyatda yerga qulaguncha o‘z hushini yo‘qotdi. Maydonda jiddiy holat yuz berayotgani darhol hammaga ayon bo‘ldi. Jamoadoshlar va raqiblar bir zumda uning oldiga yugurishdi. O‘yinchilarning ba’zilari tillari cho‘kib ketmaslik uchun og‘zini ochishni boshladilar va jahon futboli shunga o‘xshash ko‘plab holatlarni biladi, ularning bir nechtasi o‘limga olib kelgan. Futbolchilar va bosh hakam zudlik bilan maydonga shifokorlarni chaqirishdi. O‘sha paytdagi keskinlik aql bovar qilmaydigan edi. “Matraschilar” himoyachisi Xose Mariya Ximenes bo‘layotgan voqeaga qarab tura olmadi va ko‘zlarida yosh bilan boshini changalladi. Madrid klubining muxlislar sektori “Fernando Torres!” deb hayqira boshlaydi, mahalliy muxlislar ham ko‘tarilishadi.

Kecha Ronald Arauxo ham juda jiddiy jarohat oldi va uning miyasi chayqalgani ma’lum bo‘ldi. Unga sog‘liq tiab qolamiz.

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:13, 11.05.2022.
O'qildi: 4920 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.