Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Lazarevich: "Qizilqum" oxirgi 30-35 daqiqada hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi"

Lazarevich: "Qizilqum" oxirgi 30-35 daqiqada hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – AGMK (1:4) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi. 

- O‘yin haqida

- Natijadan qoniqqanim yo‘q. Shunday bo‘lib qoldi. Lekin bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Individual xatolar tufayli imkoniyatlarimiz yo‘qqa chiqdi. O‘ylaymanki, tashkil etgan vaziyatlarimizdan foydalanganimizda o‘yin umuman boshqacha kechardi.

Raqib hujumi xavfli ko‘rinish olishini bilardik. Ular qarshi hujumga ham yaxshi o‘tishadi. Oxirgi 30-35 daqiqada hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadik. Qayerda xato qilganimizni bilish uchun o‘yinni batafsil tahlil qilib chiqishimiz lozim.

- "Qizilqum" legioneri Aleksandar Stanisavlevich umuman yaxshi o‘ynay olmadi. Uning paslari ham juda noaniq ko‘rinish oldi...

- Ha, u bugun yomon ko‘rindi. Biroq u tajribali futbolchi, bir o‘yin taqdirini ham hal qila oladi. Unda qulay vaziyatlar yuzaga keldi, ammo foydalana olmadi. Raqib ikkinchi taymda shunchalik zo‘r o‘ynadiki, jamoamizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

- Ignatiy Nesterovning o‘yinini qanday baholaysiz?

- Qariyb 40 yosh bo‘lgan posbonimiz shu paytgacha yaxshi o‘ynab kelayotgandi. Bugungi gollarni ko‘rib chiqishimiz kerak. O‘ylaymanki, u katta xatolarga yo‘l qo‘ymadi.

- Shuhrat Muhammadiyevni nega almashtirdingiz?

- Shuhrat charchagan va kichik jarohat olganday tuyuldi. U bir necha kun jarohatini davolab, endigina safga qaytgandi. Shunga almashtirishga qaror qildik.

- Jarohatlangan Erkin Baydullayev va Bobur Yuldashev haqida nima deya olasiz?

- Baydullayev betob bo‘lib qolgan. Shifokorlar unga hozircha o‘ynashga ruxsat berishmadi. Yuldashev ham jarohatda. Umid qilamanki, keyingi gal safda bo‘lishadi.

Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:18, 11.05.2022.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик