Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Samvel Babayan: «Dinamo» tarkibida jarangdor nomlar yo‘q, ammo o‘yinda murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi»

Samvel Babayan: «Dinamo» tarkibida jarangdor nomlar yo‘q, ammo o‘yinda murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi»

Baho:
+ | -

Superliga 8-turi doirasidagi «Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi o‘yin chempionatning murosasiz kurashlar ostida o‘tayotganini yana bir karra isbotladi. O‘yinda saviya jihatdan raqibdan ustun ekanimizni ko‘rsatganimizga qaramay, so‘nggi soniyalarga qadar ikki jamoa ham bosimda to‘p surib, durang qayd etilayotgan edi. Ammo baribir mahorat, ijrochilar darajasi o‘z so‘zini aytdi. Bundan juda ham baxtiyormiz. Yigitlarga katta rahmat. O‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga o‘sishda davom etamiz. Chempionat yanada qizg‘in ko‘rinish oladi.

- «Navbahor» peshqadamga aylangan bo‘lsa-da, «Dinamo»ga qarshi qanchalik o‘yinini ko‘rsata oldi?
- Chin qalbdan aytishni istardim, hozir Samarqandda ekanligimdan baxtiyorman. Samarqand – futbol shahri, Superliga bu shaharga qaytganidan juda ham xursandman. Qaysi klubda ishlamay, Samarqandda to‘p surish hech bir jamoamga oson bo‘lmagan. Bu stadiondagi muhitdan istalgan tarkibdagi jamoa raqibga qarshi oxirigacha kurashadi. «Dinamo»ning hozirgi tarkibi ham bundan mustasno emas. Hozirgi Superligada hech kimda qandaydir ustunlik bor deb gapirish qiyin, har qanday jamoalar o‘zaro bahslarda qiynalishmoqda. Chempionat shunisi bilan ham qiziq.

«Dinamo» tarkibida jarangdor nomlar yo‘q, ammo o‘yinda murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi. Ayniqsa, «Dinamo»ning himoya chizig‘i bugun juda tartibli o‘yin namoyish etdi. Fikrimcha, bu mavsum hech bir jamoaga Samarqandda oson bo‘lmaydi. Bugun esa kuchli jamoa yutdi, bu – fakt.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:08, 11.05.2022.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик