Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Stiven Nzonzi: «Faoliyatimda Deshamga o‘xshaganini uchratmadim»

Stiven Nzonzi: «Faoliyatimda Deshamga o‘xshaganini uchratmadim»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, «Sevilya» bilan Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan Stiven Nzonzi ayni payt JCH-2022 mezboni - Qatarning «Al-Rayyan» klubida faoliyat yuritmoqda.

FIFA rasmiy saytiga bergan eksklyuziv intervyusida u 2018 yilgi mundial finali, yoshligida uni ilhomlantirgan futbol yulduzlari va boshqa qator qiziqarli mavzular haqida fikrlarini bildirdi.

- Jahon chempioni bo‘lish qanday?

- Bu eng katta orzu. Bolalikda mundialda qatnashish g‘ayrioddiy tuyuladi. Lekin undagi g‘alaba... buni tasavvur qilib bo‘lmaydi.

- JCH-2018 finali arafasidagi muhit qanday edi?

- Meni hayratda qoldirgani, finalgacha bo‘lgan o‘yinda futbolchilar ancha bo‘shashgandek tuyulishgandi. Ehtimol, hamma stressda bo‘lgan va hech kim buni ko‘rsatishni xohlamagandir, lekin haqiqatan ham o‘sha kun boshqalaridan farq qilmasdi. «Ertaga finalda o‘ynaymiz», degan hissiyot yo‘q edi bizda. Kilian Mbappe va Usmon Dembele kabi yosh futbolchilar o‘zlari bilan yengillik va ishonch havosini olib kelishdi va o‘sha payt tarkibga kuch bag‘ishlashdi.

- Final va Didye Desham sizni maydonga chorlagan onlar haqida qanday xotiralar bor?

- Biz katta hayajon va adrenalin bilan bo‘lsa-da, to‘liq diqqatimizni jamlagandik. Uchrashuvdan oldingi chigalyozdi mashg‘uloti paytida bosimni his qilasiz, ammo bu o‘yin va diqqatni jamlash darajasini oshirishga ham imkon beradi. Maydonga tushganingizdan keyin esa jamoaga yordam berish va bor kuchingizni sarflash uchun ushbu bosimdan foydalanishingiz kerak. Mana shunday o‘yinlar orqali imkoniyatdan unumli foydalanish kerakligini his qilasiz. Qachonki, sizda shunday tuyg‘u bo‘lsa va bosimni ijobiy hal qila olsangiz, bu ajoyib. Shuningdek, hayajon ham bor narsa. Bu his-tuyg‘ularni hech qachon qayta boshdan kechira olmaysiz.

- Didye Deshamga qanday ta’rif berasiz va Fransiya termasi uning qo‘l ostida nimaning hisobiga muvaffaqiyat qozondi, deb o‘ylaysiz?

- Uning eng kuchli tomonlaridan biri - raqobatbardoshligi. Bu hamma his qilishi mumkin bo‘lgan narsa. Bosh­qacha aytganda, bizda birovni xursand qilish uchun emas, g‘alaba qozonish uchun ishlaydigan murabbiy bor. U haqiqatan ham eng yuqori cho‘qqilarni ko‘zlaydi. Faoliyatimda unga o‘xshab raqobatbardoshlik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa murabbiyni uchratmadim. Qolaversa, menimcha, u guruhni boshqarishda yagona va bu uning yana bir kuchli tomoni. Desham o‘yinchilarga ancha yaqin, hazil-huzulni o‘rniga qo‘yadi, biroq hurmatni uyg‘otadigan qobiliyatga ham ega. Ishlash, jiddiy bo‘lish va g‘alaba qozonish vaqti kelganini bilamiz.

- 33 yoshda Fransiya termasi safida jahon chempioni, «Sevilya» bilan esa Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldingiz. Barcha orzu-maqsadlaringizga erishdingizmi?

- Yo‘q, chunki men sportchiman va yana sovrinlar yutib, ko‘proq finallarda qatnashishni xohlayman. O‘yinchi bo‘lganingdan keyin hech qachon erishilgan darajadan to‘liq qoniqib bo‘lmaydi. «Sevilya» bilan Ispaniya kubogi finali, biz g‘alaba qozongan Yevropa Ligasi finalida qatnashish, shuningdek, Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim. Bu g‘oliblik nashidasini qayta-qayta his qilish va g‘alabani tez-tez tatib ko‘rish istagini uyg‘otadi. Demak, yo‘q, men barcha maqsadlarimga erisha olmadim, lekin qo‘lga kiritgan yutuqlarim bilan juda faxrlanaman.

- Bolaligingizda kimlar qalbingizda futbolga mehr uyg‘otishgan?

- Menga shunday ta’sir o‘tkazgan birinchi futbolchi «PSJ» klubi va Nigeriya terma jamoasi vakili Okocha (Jey-Jey) bo‘ldi. Hujumkor, texnik jihatdan iqtidorli, dribling qila oladigan futbolchilarni yoqtirardim, lekin bu mening o‘yin uslubim emas. Keyin avlodimdagi barcha futbolchilar orzu qiladigan «o‘nlik»lar - Ronaldinyo va Zidanni alohida e’tirof etmoqchiman. Shunga qaramay, birinchi navbatda, baribir, Okochaning nomini tilga olaman. Men uchun u ajoyib futbolchi edi, har bir harakatlari yoqardi: yugurishi, driblingi, zarbasi... Jey-Jey o‘sha payt «PSJ»da to‘p surardi, shuning uchun deyarli har dam olish kunlari uning o‘yinlarini rohatlanib tomosha qilardim.

- JCH tarixidagi eng kuchli besh futbolchini ajratib ko‘rsating.

- Top beshlikmi? Bu oson. Pele, Maradona, Ronaldo, Ronaldinyo va Zidan. Bularning barchasi jahon kubogini qo‘lga kiritgan futbolchilar.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 07:44, 12.05.2022.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.