"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone kecha bo‘lib o‘tgan "Elche"ga qarshi La Liga 36-tur o‘yinida (2:0) o‘zining madridliklar bosh murabbiyligidagi La Ligadagi 400-uchrashuvini o‘tkazdi.
Argentinalik mutaxassis qo‘l ostida "matraschilar" ushbu 400 o‘yinning 244 tasida g‘alaba qozongan, 93 ta durang va 63 bor mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishgan.