"PSJ"ning yosh yarim himoyachisi Xavi Simons poytaxt klubidagi kelajagi haqida fikr bildirdi. 19 yoshli futbolchining shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
“Keyingi nima bo‘lishini hali bilmayman. “PSJ”da baxtliman, mavsum kelasi hafta tugaydi, keyin ko‘ramiz... lekin men bu yerda baxtliman”, dedi Simons PrimeVideo nashriga.
19 yoshli futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.