"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn 2021 yilning kuzida jamoani qabul qilib olgan "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Kontening iqtidoriga ashaddiy muxlislik qilishini tan oldi.
"Men Kontening ashaddiy muxlisiman, agar u qolsa ajoyib bo‘ladi. Biz u bilan ishlashdan juda xursandmiz. Umid qilamizki, keyingi mavsumni ajoyib murabbiy bilan boshlaymiz. Lekin bu Kontega bog‘liq. Ishonchim komilki, u klub bilan gaplashib, o‘z kelajagini hal qiladi", - deya Keynning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, chempionat yakunlanishi arafasida “Tottenxem” APL turnir jadvalida “Arsenal”ni 2 ochkoga ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.