Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo - Navbahor

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bugun yigitlar yaratilgan vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilishdi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bugun yigitlar yaratilgan vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilishdi”

Baho:
+ | -

Coca-Coda Superligasi “Nasaf” – “Qizilqum” (5:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

-“O‘ylaymanki bugungi uchrashuvni stadionga kelib yoki oynayi jahon orqali o‘yinimizni ko‘rgan muxlislar hisobdan ham, ko‘rsatgan o‘yinimizdan ham xursand bo‘lishdi. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, bugun yigitlardan raqibga nisbatan tezkorroq harakat qilish talab etilgan edi. Yigitlar vazifani yaxshi uddalashdi. Bugungi raqibimiz ancha jiddiy edi, lekin biz jismoniy tarafdan raqibdan ustun ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak edi. Shular bugungi g‘alabamizning asosiy omili bo‘ldi. Bundan tashqari yaratilgan vaziyatlarda futbolchilarimiz mahorat ko‘rsatishdi. Bundan juda ham xursandmiz.

— O‘yinda beshta gol kiritilishiga sabab uchrashuvdagi tezkor gollarmi?

— Unday deb o‘ylamayman. Bugun raqib himoyada palapartish harakat qilgani uchun biz ko‘proq golli vaziyatlarga ega bo‘ldik. Shu vaziyatlarda yigitlar sovuqqonlikni yo‘qotmadi. Bu biz uchun juda ham muhim edi. Uchrashuvda tezkor gol kiritganimiz raqibning rejasini buzgani aniq. Birinchi bo‘limda urgan gollarimiz umumiy hisobga ancha ta’sir qildi.

— Sherzod Nasrullayev qachon safga qaytadi?

— Sherzod hozir yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Chempionatda yuzaga keladigan tanaffus vaqtida u umumiy mashg‘ulotlarga kirishadi. Biz ham uning tezroq qaytishini kutayabmiz. Uning o‘zi ham katta ishtiyoq bilan maydonga qaytishini kutmoqda.

— Siz intervyularingizni birida jamoani kuchaytirish uchun yangi futbolchilar olishingizni ta’kidlagansiz. Qaysi futbolchilarni olishni, qaysi chiziqlarni kuchaytirishni maqsad qilgansiz?

— Muammoli chiziqlarimiz o‘zlaringizga ma’lum, shu chiziqlarda raqobatdosh, o‘yinimizni kuchaytiradigan futbolchilarni olsak yaxshi bo‘lardi. Bu borada rahbariyat bilan gaplashyapmiz. Chuqurroq o‘ylab, kerakli futbolchini jamoaga taklif qilish niyatimiz bor.

— Umidjon Ergashev maydonga tushmayabdi. U o‘yin amaliyotini yo‘qotib qo‘ymaydimi?

— Ikkita darvozabonni darvozaga qo‘yib bo‘lmaydi. Oxirgi o‘yinlarda Neʼmatov ishonchli o‘ynayabdi. Agar uni terma jamoaga chaqirishsa boshqalarga imkon beramiz.

— Legionerlar haqida savol. Ularning o‘yini ikkinchi davrada ochilib ketadimi? Ular o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchiga aylanishadimi?

— Biz barchaga imkoniyat beramiz. Vaziyat nima taqozo qilsa shunga qarab ish yuritamiz. Chunki legionerlarni biz bekorga taklif qilmaganmiz. Ular jamoamiz g‘alabalariga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak bo‘ladi. Ulardan asosiy talabmiz shu. Agar talab darajasida o‘yin ko‘rsatishmasa, xayrlashishimiz ham mumkin.

— Oybek Bozorovning ham o‘yini o‘yindan-o‘yinga yaxshilanib bormoqda. Buni nima bilan izohlaysiz?

— Biz Oybekning gollarini juda ham uzoq kutdik. Uning gol urmaganiga ham ancha bo‘lgandi. U oxirgi o‘yinlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Biz bundan juda ham xursandmiz.

Kiritildi: 22:58, 17.05.2022.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.