"PSJ" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya mavsum oxirida "Yuventus"ga tekinga o‘tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchi Turin klubi bilan yiliga 7 million yevro maosh bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.
Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida shartnomani bir mavsumga uzaytirish variantini kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.