Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Millionlarga sotilgan Mbappe: jahon futbolining asosiy iqtidorlaridan biri Parijni tanladi

Millionlarga sotilgan Mbappe: jahon futbolining asosiy iqtidorlaridan biri Parijni tanladi

Baho:
+ | -

Jahon futbolining asosiy iqtidorlaridan biri Parijda qolishni tanladi.

Uchinchi urinish

Uning bolalar xonasida 14 yoshini nishonlagan Kilian Mbappe ilk bor “Real Madrid” bazasida uchrashgan Krishtianu Ronalduning portreti tushirilgan plakatlar osilgan. Lol qolgan bolakayni o‘sha paytda "Qirollik klubi" sport direktori lavozimini egallab turgan Zinedin Zidan shaxsiy mashinasida Madrid bazasiga olib keldi.

Mbappe va “Real” bir-birlari uchun yaratilgandek tuyuldi, ammo fransiyalik hujumchini qo‘lga kiritishga uchinchi urinish muvaffaqiyasiz yakunlandi. 2017 yildagidek, u “Monako”dan “PSJ”ga o‘tishni tanlaganida va bir yil oldingidek, futbolchi Ispaniya poytaxtiga oshiqayotganida. Biroq, fransuz superklubi vaziyatni o‘zgartirishi mumkinligiga ishonchi komil edi va "Real Madrid" taklif qilayotgan 200 million yevrodan voz kechdi.

Hozirgi fiasko eng og‘riqlisi bo‘ldi. Ispaniya chempionlarining jahli chiqdi desam to‘g‘riroq bo‘lardi. Madridda ular Erling Xolandni qo‘lga kiritish urinishidan ataylab voz kechib, barcha og‘zaki kelishuvlar kuchga kirganiga ishonishdi. Ular Mbappening barcha istaklarini qondirishga tayyor bo‘lib, unga 130 million yevroli bonusini kafolatlashdi, shuningdek, fransiyalik futbolchiga imidj huquqini saqlab qolishga va’da berishdi. Bunday istisno faqat Ronaldu uchun qilingan, lekin hatto portugaliyaliklar ham ularni yuz foiz saqlab qolmagan.

Faqat so‘nggi lahzada hammasi ostin-ustun bo‘ldi va Marca manbalariga ko‘ra, Mbappe va uning oilasi doimiy ravishda Qatar amiri Hamad Al-Tani va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan bosim ostida bo‘lgan. Ehtimol, bu omil bahona bo‘lishi mumkin, ammo Madridda ular shunchaki “PSJ”dan mumkin bo‘lgan maksimal shartlar uchun ishlatilganiga aminlar.

Mbappening onasi, Faiza Lamari juma kuni o‘g‘lining "Real Madrid" bilan ham, hozirgi klubi bilan ham kelishuvlari borligini aytgani bejiz emas. Bir kun o‘tgach, u o‘g‘li ispanlar bilan kelishuvni buzgani haqidagi da’volarni rad etib: "Klub hech qachon to‘liq kelishuvni tasdiqlamagan", dedi. Shuningdek, futbolchining muhitiga tayanib, uning qarori hayotdagi eng qiyin qaror bo‘lganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Jahon futbolining asosiy insayderlaridan biri Fabrisio Romanoning fikricha, Mbappe "Real" prezidenti Florentino Peresga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uning sabablarini tushuntirishni to‘g‘ri deb hisoblagan. Biroq Madridga yaqin va klubning barcha ichki ishlarini yaxshi biladigan Xosep Pedrerolning so‘zlariga ko‘ra, gap qisqa xabar bilan chegaralangan.

Ispaniya La ligase rahbari vaziyatga fikr bildirdi: “PSJ”ning so‘nggi mavsumlarda 700 million yevro yo‘qotib, maoshlarga yiliga 600 milliondan ortiq mablag‘ sarflaganidan so‘ng Mbappeni yangi shartlar bilan jamoada olib qolishi futbolni haqorat qilishdir. Ular Superliga kabi xavfli”.

Oltin qafas

Gari Lineker bu voqeadan kamroq hayratda qolganga o‘xshadi: "Mbappe ajoyib mavsumni ikkita ajoyib o‘yinchi bilan birga o‘tkazdi va bu uning tug‘ilgan yurti. Oh, va u endi amalda klubni boshqaradiganga o‘xshaydi".

Agar bir nechta manbalardan olingan ma’lumotlarga ishonsangiz, Mbappe "PSJ" loyihasining markaziy figurasiga aylanadi. Hatto Argentinani har doim boshqarib kelgan Leo Messi ham hech qachon bunday ta’sirga ega bo‘lmagan. Mbappening roli haqidagi ba’zi mish-mishlar haqiqat bo‘lsa ham, bu futbol uchun mutlaqo aql bovar qilmaydigan voqea.

Forvardning uch yillik yangi shartnomasidagi bandlar hammaga ma’lum. Yangi shartnomaga rozilik uchun 300 million yevrolik bonus, bundan tashqari sal kam 100 million yevro yillik maosh. Avtoritetga kelsak, bundan buyon Mbappe bosh murabbiy va sport direktorini tanlashda o‘z so‘zini aytadi va o‘yinchilarni sotib olish va sotish, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir tarkibni to‘ldirishda uning fikri so‘raladi. Shubhasiz, Maurisio Pochettino ham, Leonardo ham Parijda qolmaydi. Murabbiy Zidan bo‘lishi mumkin va bu omil Mbappeni qutqarish operasiyasining asosiy omillaridan biri sanaladi.

Mbappe haqida ko‘p gapirishadi. Uning foydasiga ko‘plab omillarni keltirish kerak, lekin ko‘pchilik uchun u bolalik orzusidan voz kechib, oltin qafas va so‘nggi top-5 chempionatda qolishni tanlagan odam bo‘lib qoladi. "Santyago Bernabeu" hech qachon yangi qirolga ega bo‘lmagan, ammo ularda Karim Benzema bor. Mbappe uchun esa, futbolchining atrofidagilar aytganidek, "Real Madrid"ning eshiklari klubni kim boshqarishidan qat’i nazar, endi abadiy yopiq.

Kiritildi: 11:47, 22.05.2022.
O'qildi: 3738 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.