Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Shipilov: "Qo‘lni tushirmay kurashishda davom etamiz"

Shipilov: "Qo‘lni tushirmay kurashishda davom etamiz"

Baho:
+ | -

Superliga 10-turi doirasida «Dinamo» o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, alamli mag‘lubiyatga (1:2) uchradi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab «Dinamo» yangi bosh murabbiyi Andrey Shipilov qatnashdi.

«Kamida durangga munosib edik. Qo‘lni tushirmay kurashishda davom etamiz» - Andrey Shipilov «Dinamo»ning alamli mag‘lubiyati, omadsizliklar va keyingi turlar haqida

Superliga 10-turi doirasida «Dinamo» o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, alamli mag‘lubiyatga (1:2) uchradi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab «Dinamo» yangi bosh murabbiyi Andrey Shipilov qatnashdi.

- Alamli mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yin haqida...

- Yaxshi raqibga qarshi birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, raqibga deyarli imkon bermadik. O‘ylangan hujumda klassik gol urdik. Pozision yaxshi o‘yin namoyish etdik. Shohmalik birinchi bo‘limdayoq hisobni 2:0ga yetkazishi mumkin edi, ammo darvoza ustunini nishonga oldi. Bu golga aylansa, o‘yinda mag‘lub bo‘lmasdik. Ikkinchi bo‘limda esa taxminan 15 daqiqa o‘z maydonimizdan chiqa olmadik. 90+4-daqiqada esa penaltidan foydalana olmadik. Bilmadim, bu omadsizlikka bog‘liqmi, ochig‘i bilmadim. Fikrimcha, kamida durangga munosib edik. Ketma-ket 3-4-o‘yinlarda so‘nggi daqiqalarda omadsizlikka uchrab, mag‘lub bo‘layapmiz.

Hushyorlikni yo‘qotayapmizmi yoki futbolchilarda mahorat yetishmayaptimi, bilmadim. Qo‘lni tushirmaymiz, biz ishlashda, keyingi bahslarga yanada yaxshiroq tayyorlanishga intilamiz.

- Bosh murabbiyga aylanganingizga bir necha kun bo‘ldi. Jamoa o‘yin jihatdan o‘sayotgandek ko‘rinmoqda, so‘nggi daqiqalardagi omadsizliklar charchoq bilan bog‘liq emasmi?

- Jamoadagi vaziyatdan, mashg‘ulotlardan xabardor edim, o‘yingacha ikkita mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdik. Biz o‘tgan kunlar davomida standartlar ustida ishladik, o‘yin intizomi ustidan bosh qotirdik.

Ko‘rdingiz, bugun ham yigitlar maydonda munosib ko‘rinishdi. Ha, alam ustida ko‘p gapirish mumkin, ammo yana takrorlayman – o‘z vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz kerak. Natija alamli, hech qanaqasiga qoniqmadim, albatta. Yigitlar harakatidan, shijoatidan esa qoniqdim. Bugun jamoam bilan hisobni saqlab qolish, vaqtni cho‘zish haqida umuman o‘ylaganimiz yo‘q. Oxirigacha kurashdik. Raqib ham bizni hurmat qildi, feyr-pleyga amal qildi.

Hujumkor o‘ynashni istamaymiz, deya olmayman. Raqib ham kuchli jamoa, ular bizni himoyaviy o‘ynashga majbur qila olishdi. Shunga qaramay, o‘yin qoidasini buzmaslikka harakat qildik, jamoa ko‘rsatmalarni bajardi.

Fikrimcha, bu o‘yinda individual mahorat o‘yin taqdirini hal qildi. Vaziyatimizni golga aylantirganimizda mag‘lub bo‘lmasdik. Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman.

- Birinchi davra yakunigacha uch tur qoldi...

- Har bir turda ochkolar uchun kurashamiz. Har bir ochko juda muhim. Yuqoridagi klublar ham, o‘rtamiyonalar ham bir xil kurashishmoqda, kuchlar deyarli teng desak bo‘ladi. Natijalarga qarang - «Surxon», «Qo‘qon-1912» «Paxtakor»dan ochko tortib olishmoqda.

Kimdir taktika evaziga, kimdir individual mahorat, yana qaysidir jamoa jismoniy jihatdan ustunligi evaziga ochko olishga intilmoqda.

- «Dinamo» nimaning evaziga ochko olishga intilmoqda?

- Biz himoya va hujum paytidagi tartibli va jamoaviy o‘yinimiz evaziga ochko olish uchun har o‘yinda kurashayapmiz. «Dinamo» Superligada boshqa jamoalarga qaysidir jihatdan yengilmoqda, deb o‘ylamayman.

Bungacha jamoada ishlagan murabbiylar haqida ham yomon gap ayta olmayman, ular to‘g‘ri ishlashdi, harakat qilishdi, jamoa hozir ham yaxshi holatda. Ammo natija bo‘lmasa, rahbariyat ham, muxlislar ham norozi bo‘lishini yaxshi bilamiz. Buni yaxshi tushunaman. Bu futbol." - dedi Shipilov.

Manba: Динамо матбуот хизмати
Kiritildi: 23:50, 23.05.2022.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.