"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim yozda "PSJ"ni boshqarishi mumkin.
37 yoshli portugaliyalik mutaxassis "PSJ"ning bo‘lajak sport direktori Luish Kampushning ustuvor vazifasi hisoblanadi.
"Sporting" Amorim qo‘l ostida 2020/21 yilgi Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Avvalgi mavsumda Lissabon klubi 2-o‘rinni egallagan edi.
Amorimning "sherlar" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan, tovon puli 30 million yevro.
"PSJ" Pochettinoni yana bir yil saqlab qolishi va 2023 yilda Gvardiolani chaqirishi mumkin.