Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Husniddin Nishonov: «Mavsumning eng yaxshi futzalchisi» nominatsiyasida g‘olib chiqish — men uchun katta g‘alaba»

Husniddin Nishonov: «Mavsumning eng yaxshi futzalchisi» nominatsiyasida g‘olib chiqish — men uchun katta g‘alaba»

Baho:
+ | -

«Jizzax-Kenteks» jamoasi o‘yinchisi, Oliy liga-2021/22ning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan Husniddin Nishonov ajoyib mavsum o‘tkazdi. U O‘zPFL matbuot xizmati orqali o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men va jamoam uchun mavsumning birinchi davrasi juda ham og‘ir kechdi. «Lokomotiv» va «Metallurg» futzal jamoasiga imkoniyatni boy berdik. Jamoamiz chempionlikka favorit deb ko‘rilayotganda bunday mag‘lubiyatlar kutilmaydi. Buning sababini Jahon chempionatidan keyingi charchoq deb ayta olaman. Keyin xatolarimiz ustida ishlab, turnir jadvali peshqadamiga aylanishga harakat qildik. Bu bizni chempionlikka olib keldi.

“Mavsumning eng yaxshi futzalchisi” nominatsiyasida g‘olib chiqish men uchun katta g‘alaba. Chunki barcha nomzodlar — kuchli o‘yinchilar, o‘z jamoalari yetakchilari. Ularning orasida bo‘lish men uchun katta sharaf. Bunda ota-onamning, jamoadoshlarim, murabbiyning hissasi katta, bu ularning ham yutug‘i.

Bu mavsum yuqori darajada o‘tdi. Ayniqsa chempionga beriladigan kubok juda ham chiroyli tayyorlangan, bunaqasini hali ko‘rmagan edim, qoyil qoldim. Tashkilotchilarga futzalga berilayotgan e’tibor uchun katta rahmat. Yurtimizda futzal o‘syapti. Shunchaki respekt!", — dedi Nishonov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:50, 28.05.2022.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик