Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Dunyodagi eng qimmatbaho uchrashuv

Dunyodagi eng qimmatbaho uchrashuv

Baho:
+ | -

Biroz o‘tib, Uemblida «Haddersfild» va «Nottingem Forest» o‘rtasida Chempionship pley-off o‘yini bo‘lib o‘tadi va g‘olib kelasi mavsumda APLda o‘ynash huquqiga ega bo‘ladi.

Aynan shu o‘yin, ya’ni Chempionship pley-offi moliyaviy nuqtai nazardan dunyodagi eng qimmatbaho uchrashuv sifatida baholanadi. Jahon chempionati yoki YECHL finallari g‘olibga mag‘lubdan 5-10 million taqdim etishi mumkin, ammo bu o‘yinga kamida 100 million funt tikilgan, deb hisoblab bergandi Daloitte kompaniyasi buxgalterlari.

Qanday? Birinchidan, ushbu o‘yin g‘olib kelasi mavsum APLda o‘ynaydi - bu degani bir yillik translasiya huquqlari daromadidan Liga har bir klubga kamida 85 million funt beradi. Agar APLdagi ilk mavsumda jamoa o‘z joyini saqlab qolsa, keyingi mavsumgayam shuncha mablag‘ni hisoblab olavering.

Mabodo klub bir yildayoq APLni tark etsa ham quruq qolmaydi. Bunday klublar uchun «Oltin parashyut» sistemasi o‘ylab topilgan. Ma’lumki, birdaniga APLni tark etgan klub katta moliyaviy yo‘qotishga uchraydi, turli moliyaviy shartnomalar, translasiya va boshqa daromadlari keskin pasayadi. Bu esa, hatto klubni inqirozga uchratishi mumkin. Shuni e’tiborga olgan holda, Liga APLni tark etgan har bir klubga taxminan 25-30 million funt beradi. Mablag‘lar uch yil davomida bo‘lib-bo‘lib qaytariladi. Agar klub shu davrda APLga qaytsa, qolgan qismi berilmaydi.

Xullas, birgina mana shu uchrashuvdagi g‘alaba klubga yo‘q deganda 100 million funt olib keladi.

Qizig‘i, yana bir an’ana shakllangan ekan. Pley-off mag‘lubi katta daromaddan quruq qolganidan ko‘p xafa bo‘lmasin deb, finalchilar oldindan kelishib olisharkan - g‘olib APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi, mag‘lubga esa, bugungi o‘yin chiptalaridan tushadigan daromadning hammasi nasib qilar ekan.

Kiritildi: 19:15, 29.05.2022.
O'qildi: 4944 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик