"Chelsi" "PSJ"ning marokashlik himoyachisi Ashraf Xakimiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi The Athletic.
Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Marokashlik futbolchi klubini o‘zgartirishga rozi bo‘lishi mumkin, chunki u parijliklarning Lotin amerikalik legionerlari bilan eng yaxshi munosabatlarga ega emas.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













