Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Futbolimiz tarixi vafot etdi

Futbolimiz tarixi vafot etdi

Baho:
+ | -

Axbor Imomxo‘jayev deganda, futbol darg‘asi, sharhlovchi, bir necha kitoblar muallifi... Ko‘p aytilyapti, ammo men u inson haqida o‘ylaganimda, «Futbol - dardim, quvonchim, fahrim» kitobidagi bir bo‘lim ko‘z oldimga keladi darhol.

1979 yildagi mudhish voqea haqida  

Axbor aka xabar topgan joyi, keyin uyiga kelib, aytib berishi, rafiqasining «kimlar?» degan savoliga «hamma, hammalari» deb, yig‘lab yuborganlari...

O‘tkir Hoshimovning yozishicha, asar muallifi holatni o‘quvchidan ham ko‘proq his qilarkan, qaysidir joyida o‘quvchi jilmaysa, o‘sha yerini yozayotib muallif qah-qah kulgan bo‘larkan, o‘quvchining ko‘ziga yosh kelgan o‘rinlarda yozuvchi rosmana yig‘lar ekan.

Bilmadim, mashhur voqea, Abdulla Qodiriy Kumushni o‘ldirdim, deb yig‘lagani rostmi, axir o‘zi o‘ldirgan, ammo Axbor Imomxo‘jayev xotiralarini kitobga ko‘chirayotganda ming bor yig‘lagani shubhasiz. Ishonaman.

Futbol sharhlash nima? Bir chetda turib, nima bo‘lgani, bo‘layotganini aytib turishmi? Tahlil qilishmi yoki muxlislar bilan birga futbol tomosha qilishmi? Ta’riflar ko‘p, ammo birortasi Axbor akaga mos tushmaydi. Kattaroq.

Sharhlovchi xolis bo‘lish kerakmi? Sharhlovchi sovuqqon bo‘lishi lozimmi? Bunaqa o‘lchovlarga Axbor aka sig‘maydi.

Axbor aka futbolda yashagan. Yarim asr futbolimizda nimaiki yaxshi-yomon kunlar bo‘lsa, o‘z tanasidan o‘tkazgan. Inson o‘z hayotini sharhlashi mumkinmi? Yo‘q, axir.

Axbor aka «Paxtakor» bilan birga g‘alaba qozongan, «Paxtakor» bilan birga oliy ligaga, kubok finaliga chiqqan, tushgan, yutqazgan, yig‘lagan,  yuqori qavatdan sakragan, portlab ketgan... Ham ular bilan o‘lib, ham ta’ziyalarni qabul qilgan. Osonmi?

Bilasizmi, biror yaqin insoningiz vafot etsa, uning xotirasi va tegishli bir nechta rasm yoki videolar qolishi mumkin. O‘sha insonning hayoti endi faqat shu rasmlar-u, boshqalarning u odam haqida eslab qolgani.

Axbor aka futbolimiz haqida shu qadar ko‘p narsa bilganki, aytishlaricha, har safar biror voqea aytib bersalar, yangi, hech kim eshitmagan bo‘lib chiqar ekan. Tugamas ekan, ya’ni.

Ana endi, tugadi. Endi Axbor akadan o‘sha rasm-videolaru, kitoblar, odamlar eshitib qolgan voqealar qoldi xolos.

Boshqa so‘z bilan aytganda, futbolimizning tarixi vafot etdi. Sabr tilayman.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 19:46, 01.06.2022.
O'qildi: 4287 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.