Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Finalissimada Italiyani mag‘lub etganidan so‘ng (3:0) muxlislarning qo‘llab-quvvatlashidan hayratda qolganini tan oldi.
“Argentinalik muxlislar har doim hayratda qoldiradi. Stadionda tomoshabinlarning 70 foizi argentinaliklar edi. Umid qilamanki, ular ham biz kabi baxtlidir", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.