Londonning “Vest Xem” klubini erkin agent sifatida tark etgan ukrainalik vinger Andriy Yarmolenko Tumanli Albionda qolishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, "Fulxem" Angliya futboli elitasiga qaytganidan so‘ng futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
32 yoshli ukrainalik futbolchi so‘nggi to‘rt mavsum davomida “Vest Xem” safida to‘p tepdi. Premyer-liganing so‘nggi mavsumida Yarmolenko 19 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan.













