Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Levandovskining o‘rnini kim egallaydi? «Barselona» Alvares o‘rniga boshqa nomzod topdi

Levandovskining o‘rnini kim egallaydi? «Barselona» Alvares o‘rniga boshqa nomzod topdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedroning nomi tobora tez-tez «Barselona» bilan bog‘lanmoqda. Kataloniya klubi rahbariyati Xulian Alvaresni «Atletiko»dan sotib olish uning nihoyatda yuqori narxi tufayli deyarli imkonsiz ekanini tushunib turibdi.

Transfer News Live nashrining Marcaga tayanib xabar berishicha, endi «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy nishoni Joao Pedro bo‘lib turibdi. Klub mutasaddilari uni shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida jamoadan ketadigan Robert Levandovskining o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.

Pedroning transferi ham arzonga tushmaydi: braziliyalik futbolchi «Chelsi» safiga atigi o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan va «ko‘klar» bilan 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Uning bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 75 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:04, 02.05.2026.
O'qildi: 2786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик