Dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan hujumchisi sifatida, Karim Benzema katta moashga egalik qiladi. Shu sabab, uning uyidagi garajda dunyoning yetakchi brendlari tomonidan ishlab chiqilgan mashinalar bo‘lishi tabiiy, albatta. "Real" yulduzi ayni damda umumiy qiymati 6 million funtga teng bo‘lgan avtomobillar kolleksiyasiga egalik qiladi. Bugun 34 yoshli Fransiya terma jamoasi hujumchisi garajiga qisqa sayohat qilamiz.
O‘tgan yili Benzema qiymati 2,5 million funtga teng bo‘lgan "Bugatti Chiron" xarid qilgandi. Unda shuningdek, xuddi shu brendning "Veyron" modeli ham mavjud va uning narxi 1,5 million funtni tashkil etadi. Futbolchi ushbu avtolarini o‘z Instagram sahifasida namoyish qilgandi.
"BUGATTI"ning "Veyron" modeli, tezligini soatiga maksimum, 261 kilometrgacha chiqara oladi. Xususan, superkar atigi 2,5 soniyada 186 kilometr/soat tezlanishga erishgan. Bu degani, "Veyron" – gipermashina!
Benzemaning garajidan o‘rin olgan yana bir avtoning nomi "Mercades-Benz"dir. Avto ishlab chiqaruvchining "SLP" modeli 750 ming funt-sterling atrofida turadi. Uning "Stirling" versiyasi 3,5 soniyada 60 km/soat tezlanishga chiqish imkoniga ega.
Futbolchi zoti borki, "Ferrari" mashinalarini sevadi. Benzema ham bundan mustasno emas. Hujumchi doimiy Madrid ko‘chalarida aynan shu avtokonsernning "Spider 458" modeli bilan harakatlanadi. Ushbu mashinaning narxi esa 200 ming funtdir. Shuningdek, aynan shu turdagi superkarni Mesut O‘zil, Frenk Lempard hamda Teo Uolkott kabi boshqa mashhurlar ham mingan.
Korporativ homiylik bitimi futbolning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Bu borada futbolchilarga mazza. Ayniqsa, "Real Madrid" futbolchisi bo‘lsangiz, nemis brendi bo‘lgan "Audi", siz uchun o‘z mahsulotini taqdim etishga tayyor turadi. Benzema esa ushbu brendning ikki modelidan foydalangan. 2017 yilda fransuz hujumchisi "PS6"ning 90 ming funtlik variantida ko‘rinish bergandi. Shuningdek, standart, "Q5" avtomashinasi ham Benzemaga xizmat qilgan. Uning narxi 40 ming funt atrofida edi.
Futbolchining Madrid shahridagi koshonasida xilma-xil avtoulovlarni ko‘rishimiz mumkin. Shulardan biri ingliz brendi bo‘lgan "Rollce Royce" hisoblanadi. Benzema brendning "Wraith" modeliga egalik qiladi. Uning bahosi esa 250 ming funtni tashkil etadi.
Karimning kollesiyasidan italyanlarning "Lamborghini" beydji ham o‘rin olgan. Brendning "Gallardo" nomli turi, o‘ta mashhurlaridan biridir. Benzema esa uni sotib olgan. Bu super avtomobilning top-tezligi 202 km/soatga teng. Benzema – so‘nggi modeldagi mashinalar shaydosi. Shuning uchun dunyo bo‘yicha atigi 450 dona ishlab chiqarilgan "Bugatti"dan sotib olgan. Bu giperkar 267,8 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Ana shunaqa gaplar...
ISMATOV J.