Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Futzal. Yangi mavsum uchun taqvim reja ma’lum qilindi

Futzal. Yangi mavsum uchun taqvim reja ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futzal bo‘yicha mamlakat chempionati, kubogi, birinchiligi hamda U-18 chempionati musobaqalarini rasman yakunladi. 

Rejaga ko‘ra, yangi mavsum shu yilning sentyabr oyidan e’tiboran start oladi va u 2023 yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Chempionlik uchun Oliy ligada 12 ta jamoa kurash olib boradi. Sentyabrga qadar Birinchi liga ishtirokchilari ro‘yxati to‘liq shakllantiriladi va bu borada alohida xabar beriladi. 

Bir necha kun muqaddam O‘zPFL milliy terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda uning rejalari bilan qiziqdi. Xabaringiz bor, sentyabr/oktyabr oylarida bosh jamoa Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok etadi. Mana shu musobaqaga qadar futzal chempionatining 1 ta tur uchrashuvlarini o‘tkazib olish rejaga kiritilgan. 

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL 2022/23 yilgi mavsum uchun futzalchilarni 1 iyul sanasidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatga olish davri 31 avgust kuni yakuniga yetadi. Qishki oyna esa 26 dekabr kuni ochiladi va u 2023 yilning 7 yanvarida yopiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:28, 06.06.2022.
O'qildi: 1353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик