Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Beshafqat mundial

Beshafqat mundial

Baho:
+ | -

 Jahon chempionati har doim bayram bo‘lgan. Lekin bo‘lajak 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida biz o‘yinlarini ko‘rishni istagan bir qancha yorqin jamoalarni ko‘rmaymiz. Quyida esa mundialda hamma ko‘rishni istaydigan jamoalar haqida gaplashamiz.

Norvegiya terma jamoasi

Jahon chempionatlarida qatnashish: 3 marta.

Oxirgi marta: 1998 yilgi jahon chempionati.

Norvegiya terma jamoasi jahon chempionatlarining tez-tez mehmoni emas, u yerda oxirgi marta 1998 yilda ishtirok etgan. Ammo hozirgi jamoa juda yorqin, asosiy yulduzlar Erling Xoland va Martin Yedegordan tashqari yana bir qancha yuqori saviyadagi futbolchilar bor.

Afsuski, UYEFA zonasidagi tanlov shafqatsiz narsa, norvegiyaliklar o‘z guruhida Gollandiya va Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallashdi.

Shvesiya terma jamoasi

Jahon chempionatlarida qatnashish: 12 marta.

Oxirgi marta saralashdan o‘ta olmagaslik: JCH-2014.

Ammo norvegiyaliklarning qo‘shnilari shvedlar jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchilaridir. To‘rt yil avval ular “o‘lim guruhi”da yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, chorak finalga chiqishgandi. Saralashda shvedlar o‘zaro o‘yinlarda (2:1 va 0:1) yomon o‘ynamagan bo‘lsalar-da, guruhdagi birinchi o‘rinni Ispaniya termasiga boy berishdi.

“B” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bosqichda ular kuchli Chexiya terma jamoasini mag‘lub etishdi (1:0), ammo hal qiluvchi o‘yinda polshaliklarga imkoniyatni boy berishdi (0:2).

Chexiya terma jamoasi

Jahon chempionatidagi ishtiroki: 9 marta (shundan 8 tasi - Chexoslovakiya).

Oxirgi marta: Jahon chempionati 2006.

Chexoslovakiya terma jamoasining vorisi Chexiya termasi jahon chempionatiga chiqishda doimiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda, Chexoslovakiya parchalanganidan so‘ng jamoa faqat bir marta final bosqichiga yo‘l oldi.

Lekin Yevropa chempionatida Chexiya terma jamoasi muntazam o‘ynaydi, ba’zan esa yaxshi o‘yin namoyish etib, munosib natija ko‘rsatadi. Yevro-2020da ham shunday bo‘ldi, unda Tomas Vaslik, Vladimir Soufal, Tomas Xouls, Vladimir Darida, Tomas Soushek, Patrik Shikdan iborat go‘zal jamoa pley-offning birinchi bosqichida Gollandiya termasini mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqqan edi.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi

Jahon chempionatlarida qatnashish: 3 marta.

Oxirgi marta: JCH-2014.

Jahon chempionati ishtirokchilari sonining Afrikadan beshta jamoaga kengayishi, asosan, barcha munosib jamoalarga saralash imkonini beradi. Ha, jahon chempionatida Misr va Jazoir termalari bo‘lmaydi, lekin Muhammad Saloh va Riyod Mahrezning turnirda ishtirok etmaganidan afsuslanishga asos bor, lekin ularning jamoadoshlari darajasini ham hisobga olish kerak.

Kot-d’Ivuar boshqa masala, bu juda kuchli jamoa, uning tarkibida Serj OrYE, Erik Bayi, Frank Kesse, Uilfrid Zaa, Nikolya Pepe kabi ko‘plab yevropalik futbol muxlislariga tanish iqtidorlar bor. Kot-d’Ivuarliklar so‘nggi turgacha saralash guruhida peshqadamlik qilishgan, biroq hal qiluvchi o‘yinida Kamerun terma jamoasiga safarda imkoniyatni boy berishdi.

Kolumbiya terma jamoasi

Jahon chempionatlarida qatnashish: 6 marta.

Oxirgi marta saralashdan o‘ta olmaslik: 2010 yilgi jahon chempionati.

So‘nggi paytlarda kolumbiyaliklar bizni yorqin futbolga o‘rgatib qo‘yishdi. Oxirgi ikki jahon chempionatida ular guruhdan chiqishgan, 2014 yilgi jahon chempionatida esa chorak finalgacha borishgandi.

Ha, Xames Rodriges va Radamel Falkaoning eng yaxshi yillari ortda qoldi, lekin Kolumbiyada boshqa yorqin ijrochilar bor va yaqinda “Liverpul”ga kelib qo‘shilgan Luis Dias jahon darajasidagi yulduz bo‘lib yetishishni va’da qilmoqda. Biroq bu holatga kolumbiyaliklarning o‘zlari aybdor. Uyda Urugvaydan 0:3, Ekvadorda 1:6, Boliviya bilan ochko yo‘qotish, Paragvay bilan ikki durang – bir saralash bosqichi uchun juda ko‘p.

Italiya terma jamoasi

Jahon chempionatlarida qatnashish: 18 marta.

Oxirgi marta saralashdan chiqa olmaslik: JCH-2018

So‘nggi 60 yil ichida birinchi marta jahon chempionati Italiya terma jamoasisiz o‘tkazildi. Keyin bu bema’nilikdek tuyuldi va “moviy gvardiya” Yevro-2020da g‘alaba qozonib, o‘z muxlislari oldidagi aybini yuvishdi.

Ammo jahon chempionati saralashida Roberto Manchini jamoasi yana omadsizlikka uchradi. So‘nggi ikki o‘yinda Shveysariya (Jorjinyo 90-daqiqada penaltini amalga oshira olmadi) va Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘ynagan italiyaliklar guruhda birinchi o‘rinni qo‘ldan boy berdi, keyin esa Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga sensasion tarzda “ko‘klar”ni mag‘lub etishdi.

Aytgancha, amaldagi Yevropa chempioni ikkinchi marta jahon chempionatiga chiqa olmayapti. Birinchisi 2006 yildagi Gresiya terma jamoasi edi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:30, 07.06.2022.
O'qildi: 3093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.