Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«Liverpul» kelasi mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘ladi. Nega deysizmi?

«Liverpul» kelasi mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘ladi. Nega deysizmi?

Baho:
+ | -

Jorj Mendesh uchun yuz million yevro

«Liverpul» Fabinyo va Jota pozisiyasiga Jorj Mendesh variantini o‘ylab ko‘rmoqda. Bu klubning transfer rekordini yangilashi mumkin. Mutaxassislarning futbolchiga bergan bahosi ahamiyat kasb etmaydi. Joau Feliksning shartnomasi bir vaqtlar 70 million atrofida bo‘lgan bo‘lsa, «Atletiko» Jorj uchun 127,2 million yevro to‘lashga tayyor.

Transfer summalarining keskin oshib ketishi ajablanarli emas. Rafael Leau yangi klubiga yuz million yevro evaziga o‘tishi mumkinligi, avvalgi narxi 50 million yevro atrofida bo‘lgan Darvin Nunyes «Liverpul»ga rekord darajadagi summa bo‘lib tushishiga xotirjam munosabat bildirish mumkin.

Gap kuchli beshlikdagi emas, balki eng qimmat futbolchi haqida ketmoqda. Bu nafaqat futbol, balki iqtisodiy jihatdan ham turli omillarni hisobga olgan SIES tadqiqot markazining fikri. Gap Janubiy Amerika vakili, ispanzabon futbolchi haqida ketmoqda. Muvaffaqiyatli Luis Suares «Liverpul»dagi paytlari kabi, Mendesh ham katta auditoriyani o‘ziga jalb qila oladi. Hujumchi yosh, Maneni yo‘qotgan jamoaga endi ko‘p gol uruvchi hujumchi kerak bo‘ladi. Jota va Firmino foydali yigitlar, lekin yetarlicha sovuqqon emas.

«Liverpul»ning amerikalik rahbarlari klubning transfer rekordini yangilash vaqti keldi deb hisoblashmoqda. Van Deyk hozircha «qizillar»ning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Himoyachiga 84,65 million yevro to‘langan edi. Alisson, Keyta va Diaz ham katta pul evaziga shartnoma imzolashgan, lekin odatda «Liverpul» ortiqcha pul to‘lashni xush ko‘rmaydi. Masalan, Salohning narxi Jota va Fabinyonikidan arzonroq.

Shuningdek, «Liverpul»da Darvin Nunyes varianti ham mavjud.

Darvin Kloppni ishontira oldi va Van Deykni hayratda qoldirdi. Virjil Messini tarixdagi eng yaxshisi deb biladi, biroq boshqa raqiblar - Aguero, Mbappe va Xolandni ham hurmat qiladi. U o‘z o‘rnida Erlingni Darvin bilan solishtirdi. Norvegiyalik kabi urugvaylik ham ancha tezkor, baland bo‘yli va kuchli o‘yinchi. Ammo u boshqacha o‘ynaydi. Klopp Chempionlar ligasida «Benfika» bilan to‘qnash kelganida Nunyes «Liverpul»ga qarshilik ko‘rsatishi kutilgan edi. Urugvaylik futbolchi birinchi o‘yinda gol urdi va «qizillar»ga o‘z uyida g‘alaba qozonishga imkon bermadi – 3:3.

Keyinroq esa «Liverpul»da Chempionlar ligasi finalida Kurtuani xafa qiladigan hech kim topilmadi. Shunda Nunyes Kloppga qanchalik kerak ekanligini eslatgan bo‘lsa ajab emas.

Hozir Premyer-ligada Kloppga markaziy hujumchi ancha dolzarb, chunki hal qiluvchi daqiqalarda «Liverpul» Gvardiolani mag‘lub eta olmadi. Xosep yillar davomida unga markaziy hujumchi kerak emasligini aytdi, keyin esa Keynni ololmadi. Gvardiola Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmadi. Nihoyat mutaxassis Xolandni sotib olishga qaror qildi. Futbolchi erishayotgan yutuqlarni tan olishni ham bilish kerak. Darvin Nunyes «Benfika»dagi faoliyati davomida sermahsul o‘yinchi bo‘lib, qanotda va markazda 84 ta o‘yinda 47 ta gol urdi va 16 golga assistentlik qildi. U o‘tgan mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazdi. Portugaliya chempionatining 28 o‘yinida 26 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Yosh iste’dod egasi barchani hayratga solmoqda. Insayderlar «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublarining qiziqishi haqida yozishmoqda. Hujumchining o‘zi bu jamoalardan bosh tortdi - u faqat Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlaydi. Undan keyin «Atletiko» va «PSJ» skautlari ham futbolchiga «og‘iz solishgan».

Madrid klubi narxdan qo‘rqib ketishi mumkin, parijliklarning o‘zi esa nima istayotganini hali bilishmaydi.

Kiritildi: 06:09, 09.06.2022.
O'qildi: 9039 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.