Madridning “Real” klubi AQSH bo‘ylab safari davomida bo‘lib o‘tadigan yozgi o‘yinlar taqvimini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 23 iyul kuni Las-Vegasda "el-klasiko" bo‘lib o‘tadi - Madrid klubi "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi.
26 iyul kuni Karlo Anchelotti shogirdlari San-Fransiskoda Meksikaning “Amerika” bilan, 30-da esa “Yuventus” bilan Los-Anjelesda bahs olib boradi.