Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Barselona"ning afsonaviy sardorlari

"Barselona"ning afsonaviy sardorlari

Baho:
+ | -

Bundan bir necha kun oldin "Liverpul" klubining afsonaviy sardorlari haqida maqola chiqqan edi. Endigi navbat, dunyo futbolidagi eng buyuk ikki klubning biriga. "Barselona"ning afsonaviy sardorlari ham eslashg arzigulikdir. 

Bu maqolada masalan, Xavi va Andres Inyesta kabi jamoa afsonalari yo‘q(sababini quyida aytaman). Xuddi shu sababga ko‘ra, men bu yerga "Real"dan ko‘chib o‘tgan "Barselona" sardori Luis Enrikeni ham kiritmadim.

Secar Rodriges
Klubdagi yillar: 1939-1955.
Sardor sifatida: 1946-1955.

Hujumchi Secar Rodriges "Barselona"da 14 mavsum o‘ynagan (faoliyatining boshida u ijara asosida boshqa jamoalarda ham o‘ynagan, klubda o‘tkazgan yillardagi farq shundan kelib chiqqan), 356 o‘yin o‘tkazgan, 232 gol urgan (bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Lionel Messi undan o‘zib ketgan).

Urushdan keyingi yillarda, Rodriges sardorligi davrida "Barselona" to‘rtta chempionat va uchta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Bu buyuk klub tarixidagi ilk “oltin” davr edi.

Yoxan Kroyff
Jamoadagi yillar: 1973-1978.
Sardor sifatida: 1974-1978.

Keyingi bunday davr bir yildan so‘ng sardorlik bog‘ichini taqib olgan buyuk Yoxan Kroyffning kelishi bilan bog‘liq. O‘shanda atigi bitta liga chempionligi qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, 14 yillik tanaffusdan so‘ng qo‘lga kiritildi va o‘sha mavsumdagi (1973-1974) El Klasikoda "Barsa" "Real"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Xosep Gvardiola
Jamoadagi yillar: 1990-2001.
Sardor sifatida: 1997-2001.

Xosep Gvardiola sardorligi kataloniyaliklar tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrga to‘g‘ri kelmadi (faqat ikkita chempionlik). Ammo u klub tarbiyalanuvchisi va Kroyff-murabbiyning "Barselona" davrining ajralmas qismi hisoblanadi.

Va futbolchilik faoliyati yakunida Pep o‘zining buyuk ustozidan o‘zib ketdi va "Barselona" tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylandi.

Karles Puyol
Jamoadagi yillar: 1999-2014.
Sardor sifatida: 2004-2014.

Karles Puyol butun faoliyatini bir klubda o‘tkazdi. 15 mavsum, 593 uchrashuv, 18 gol va 21 klub sovrini. Va ularning barchasi sardorlik davrida qo‘lga kiritilgan.

Undan sardorligi Xavi Ernandesga, keyin esa Andres Inyestaga o‘tdi, ular faqat sardorlik muddati qisqaligi uchun reytingimga kiritilmadi.

Lionel Messi
Jamoadagi yillar: 2003 yildan - 2021 yilgacha.
Kapitan sifatida: 2018 yildan - 2021.

Bu ro‘yxatga Messini kiritmasdan bo‘lmaydi. Futbolchi barcha turdagi klub rekordlarini (nafaqat) yangiladi (shu jumladan, o‘yinlar soni va urilgan gollar soni) va yuqorida aytib o‘tilgan futbolchilar ketganidan so‘ng, u bir o‘zi yetakchi rolini o‘z zimmasiga oldi.

Argentinalik futbolchining faoliyati qanday yakun topmasin, u Kataloniya klubi tarixidagi eng buyuk futbolchi bo‘lib qoladi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.

 Сизнингча "Барселона" тарихидаги энг яхши сардор ким?

Kiritildi: 22:33, 10.06.2022.
O'qildi: 5602 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.