Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Viktor Kumikov: «5:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi»

Viktor Kumikov: «5:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Xorazm” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

— O‘yin to‘liq nazoratimiz ostida o‘tdi, vaziyatlar yaratdik va shunga yarasha ikkinchi golni ham urish arafasida turgandik. Lekin o‘tkazib yuborilgan gol bizga yana bir bor xushyorlikni oshirishimizni eslatib qo‘ydi. O‘ylaymanki, kerakli natijaga erishdik. Menimcha, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, matonatli g‘alabaga erishdik.

— Safarda “Xorazm”ga 3:0 hisobida yutqazgandinglar. Bugun esa 2:1 hisobida yutdinglar. Ushbu natijadan qoniqdingizmi?
— Bugungi o‘yindagi natijani nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, albatta qoniqdim. Yutgan o‘yinimizdan hamisha qoniqaman. Odatda, doim jurnalistlarimiz natijadan qoniqishmaydi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Hatto 5:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi. Ikki marta to‘p darvoza ustuniga tegdi, bir necha bor darvozabon mahorat ko‘rsatdi. Bu to‘plar nisbatiga qaraladigan Kubok o‘yini emas-ku, asosiysi g‘alaba qozondik. O‘rni kelganda shuni ta’kidlashim joizki, “Xorazm” juda yaxshi jamoa. Ular doim chiroyli o‘yin namoyish etishadi. Biz ularni yutdik. Golgacha hammasi yaxshi edi. Afsuski, o‘tkazib yuborilgan goldan keyin biroz  pala-partishlik yuzaga keldi. O‘sha golni o‘zimiz olib keldik, ungacha ular darvozamizga aniq zarba ham yo‘llamagan edi. Agar bu gol bo‘lmaganida yana ko‘proq gol urgan bo‘lardik.

— Nima sababdan oxirgi daqiqalarda o‘zgarishlarga qo‘l urdingiz?
— Zaxirada asosan tajribasi kam o‘yinchilarimiz bor edi. Asosiy o‘yinchilarimiz yo‘q edi. Sherzod Esonov terma jamoada, Azamat Isroilovda jarohat bor. Bobur Davlatov ham safdan chiqqan. Shu bois yoshlarga imkoniyat berishga qaror qildim. Asosiy ishni bari tajribali yoshi katta o‘yinchilarimiz hal qilyapti. Ular gol uryapti, 2:0 bo‘lib turganda ertaroq  tushirsak bo‘lardi, ammo o‘yinga qarab o‘yinchi almashtirish kerak.

— “Andijon” bitta golni tushunarsiz holatda o‘tkazib yubordi. Bu jarayonda nima bo‘lgandi? Hozir yechinish xonasida futbolchilar bilan gaplashdingizmi?
— Darvozabon bilan gaplashdim, u hech nima demadi. Ildar Mamatkazin ko‘li bilan ko‘rsatdi, bu vaziyatda boshqa fikr bildirishim qiyin. Bu vaziyatda aniq o‘ynash kerak edi. Darvozabon bilan himoyachi bir-birini tushunishi va qanday holat bo‘lishini oldindan bilishlari kerak edi. Darvozabon hech nima demasa, himoyachi boshqacha yo‘l tutishi lozim edi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:14, 13.06.2022.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.