Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bahodir Jalolov tantanali kutib olindi

Bahodir Jalolov tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shanba tongida boks bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, Osiyo va jahon chempioni, endilikda professional boksda ham muvaffaqiyatli odimlayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov AQSHda o‘zining navbatdagi reyting jangini o‘tkazdi. 8 raundlik jangda u belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini so‘nggi raundda nokautga uchratdi. Bu Bahodirning prof boksdagi 11-jangida qozonilgan 11-g‘alabasi sifatida tarixga kirdi. E’tiborlisi, Jalolov barcha janglarni muddatidan avval nokaut bilan yakunlamoqda.

Bugun yarim tunda yengilmas bokschimiz Bahodir Jalolov Nyu-Yorkdan qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston boks va professional boks federasiyalarining mas’ul rahbarlari, sportchining yaqinlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar tantanali ravishda kutib olishdi.

Kutib olish marosimida OAV xodimlariga intervyu berar ekan, Bahodir Jalolov mana shunday g‘alabalar orqali o‘z reytingini oshirib borishi va tez orada og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishdan umidvor ekanligini ta’kidladi.

Sportni rivojlantirish vazirligi yana bir bora Jalolovni qo‘lga kiritilgan ajoyib g‘alabasi bilan muborakbod etadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:46, 13.06.2022.
O'qildi: 2503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик