Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Superliga va Pro liga Qatar-2022 mundiali startiga qadar yakuniga yetadi

Superliga va Pro liga Qatar-2022 mundiali startiga qadar yakuniga yetadi

Baho:
+ | -

Bugun — 13 iyun sanasida O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita a’zolaridan Olimxon Ahmedov, To‘labek Akramov, Bahodir Mirzayev, Maqsud Karimov, Oybek Ibrohimxonov hamda Diyor Imomxo‘jayev yig‘ilishda bevosita ishtirok etdi. Alisher Yusupov, Aziza Tatlimuratova hamda Odil Ahmedov safarda ekanligidan kelib chiqib, Zoom platformasi yordamida qatnashdi.

Shu yilning sentyabr oyida Xitoy Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi va katta ehtimol bilan uning futbol turnirida Temur Kapadze boshqaruvidagi olimpiyachilar ishtirok etishi kerak edi. Biroq pandemiya sababli mazkur musobaqa qoldirildi. O‘z-o‘zidan taqvimda ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirish zaruriyati vujudga keldi.

Xabaringiz bor, shu yilning 21 noyabr kuni Qatarda har to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — jahon chempionati start oladi. Garchi unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etmayotgan bo‘lsa-da, millionlab o‘zbekistonlik ishqibozlar mundialni tomosha qiladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL mavsumni 21 noyabrga qadar yakunlash taklifi bilan chiqdi va buni bir necha faktorlar bilan asosladi. Yakunda Ijroqo‘m mazkur qarorni bir ovozdan tasdiqladi.

Shundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga II davrasi 1 avgustda, Pro liganing tanaffusdan keyingi 14-turi esa 5 avgustda start oladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Coca-cola kubogining final o‘yini 30 oktyabr kuni Buxoroda tashkil etiladi. Bunda ehtimoliy ob-havo hamda finalni tomosha qilish uchun tashrif buyuradigan sayohatchilar masalasi ham inobatga olindi. Pro liganing so‘nggi tur o‘yini 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, Superliga esa 19 noyabr kungi bellashuvlar bilan mavsumni yakunlaydi. Har ikki liga o‘rtasidagi o‘tish o‘yini 26 noyabr kuni tashkil etiladi.

Mavsumning umumiy taqvimini mana shu havola orqali tomosha qilish mumkin. Ayollar chempionatining tanaffusdan keyingi davomi ayollar termasining yaponiyalik bosh murabbiyi bilan suhbatdan keyin shakllantiriladi. Shundan kelib chiqib Birinchi liga va U19 chempionati taqvimi tuziladi.

2023 yilgi mavsum starti hamda yakuni bo‘yicha rejalar, Liga kubogining 2022 yildan 2023 yilga qoldirilishi (Osiyo o‘yinlarining bekor bo‘lishidan kelib chiqib), transfer oynalari sanalari bo‘yicha kelishuvlar haqida tez orada alohida xabar beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:10, 13.06.2022.
O'qildi: 1887 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик