"Barselona" himoyachisi Kleman Langle Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Futbolchini “Marsel” ijaraga olmoqchi, deb xabar beradi Sport.es.
26 yoshli Langle "Barsa"da juda kam o‘ynamoqda, shuning uchun u Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatiga ishtirok etish uchun boshqa jamoa topmoqchi.
2021/22 yilgi mavsumda fransiyalik futbolchi 27 uchrashuvda 1235 daqiqa maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.