Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov O‘FA vakillari, terma jamoalar bosh murabbiylari hamda soha mutaxassislari bilan uchrashdi. Unda yurtimiz mezbonligida o‘tkazilgan ikki turnir — U-23 Osiyo kubogi va 2023 yilgi Osiyo kubogining saralash bosqichi hisoboti va keyingi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida yurtimiz may-iyun oylarida Osiyoning futbol markaziga aylanganligi, umumiy hisobda 2000 ga yaqin xalqaro mutaxassislar, sportchi-murabbiylar, ekspertlar, skautlar hamda mehmonlar futbol tadbirlariga faol jalb etilganligi, butun Osiyoning e’tibori Toshkent, Namangan va Qarshi shahridagi o‘yinlarga qaratilganligi ta’kidlandi.

Dastlab terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Usmon Toshev terma jamoalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilgan yig‘inlar hamda keyingi musobaqalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Assosiasiya rahbari ham, o‘z navbatida, FIFA kunlarida yuqori saviyadagi jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish talabini qo‘ydi.

Musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov 1-19 iyun kunlari Toshkent va Qarshi shaharlarida o‘tkazilgan U-23 Osiyo kubogiga ko‘rilgan tayyorgarlik va uning tahlili yuzasidan ma’lumot berdi.

Shuningdek, Namangan shahrida MTJ ishtirokida o‘tkazilgan saralash o‘yinlarining hisoboti tinglandi. Ushbu musobaqa orqali viloyatda futbol infratuzilmasi rivojlanganligi, mehmonxonalar, mashg‘ulot maydonlari hamda stadion yoritkichlari OFK standartlariga moslashtirilganligi aytib o‘tildi.

Taqdimot davomida mazkur turnirlar tufayli O‘FA tashkiliy qo‘mita vakillari xalqaro musobaqalarda ishlash ko‘nikmasini oshirganligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqarilib, keyingi turnirlarni yanada yuqori saviyada o‘tkazish mumkinligi aytib o‘tildi.

Shundan keyin O‘FA rahbari so‘z olib, ushbu ikki nufuzli turnirlarni tashkil etish va o‘tkazishdagi sa’i-harakatlari uchun tashkiliy qo‘mita a’zolari hamda assosiasiya mutaxassislarini e’tirof etdi. Musobaqalar muxlislarni maydonga qaytargani, jamoalar esa yaxshi o‘yin ko‘rsatganini aytib, keyingi turnirlarda bundan-da yuqori natijalar qayd etilishiga umid bildirdi.

Bundan tashqari, musobaqalarni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Qashqadaryo va Namangandagi mas’ullar hamda barcha stadionlar rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi. Oldindagi mas’uliyatli turnirlarga yanada yaxshi tayyorgarlik ko‘rish, musobaqalar geografiyasini kengaytirib borish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Abdusalom Abdumavlonovich o‘z so‘zida oldimizdagi turnirlar, xususan, U-17 va U-20 terma jamoalarimiz ishtirokidagi chempionatlarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda ayollar terma jamoamiz bosh murabbiyi Midori Xonda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Abdusalom Abdumavlonovich ayollar terma jamoasiga ham xuddi U-23 terma jamoasi kabi Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasi ustuvor vazifa ekanligini eslatib o‘tdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 00:37, 22.06.2022.
O'qildi: 1713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.