Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevropaga katta miqdorda sarmoya kiritayotgan amerikalik ishbilarmonlar futbolni “o‘ldirmoqda”mi?

Yevropaga katta miqdorda sarmoya kiritayotgan amerikalik ishbilarmonlar futbolni “o‘ldirmoqda”mi?

Baho:
+ | -

Amerikalik sarmoyadorlar Yevropa futbol bozorini egallashda davom etmoqda: hozirda AQSH ishbilarmonlari tomonidan to‘liq yoki qisman nazorat qilinadigan kamida 54 ta klub mavjud. Yevropada futbolning amerikalashuvi globallashuv oqibati kabi ko‘rinadi, bu ko‘p hollarda foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shunchaki, mahsulotga yondashuv tubdan o‘zgarib, shu bilan uni sezilarli darajada jonlantiradi.

Biroq amerikaliklar “biznes” deb atalgan o‘yinda eng zo‘ri. Sabablari ko‘p: mentalitet, madaniyat, qolaversa, muxlislarning futbolga munosabati ham. Agar Amerikada hamma narsa dastlab mahsulot (gugurt, futbolka, jamoa – bularning barchasi sotilishi mumkin) atrofida aylansa, Angliyada muxlislarning futbolga munosabati boshqacha. Ular uchun bu birinchi navbatda an’ana va qadriyatdir. Ko‘pchilik muxlislar amerikaliklarning asosiy maqsadi pul topish ekanligini yaxshi bilishadi va bu ularning sotib olishga bo‘lgan munosabatiga ta’sir qiladi. Mulkdorlar tomonidan maksimal foyda olish istagi ko‘pincha klublar va muxlislar o‘rtasida uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan aloqalarning buzilishiga olib keladi.

Shunga qaramay, amerikaliklar hali ham Yevropa jamoalariga investisiya kiritadi va bu har doim ham noroziliklarga sabab bo‘lmaydi.

Asosiysidan boshlaylik: amerikalik investorlarga Yevropa futboli nima uchun kerak? Nega ular ichki bozorni rivojlantirmaydilar?

Birinchi sabab – Shimoliy Amerika klublari qiymatiga nisbatan past miqdordagi jamoalar. Misol uchun, NFL’da jamoasini sotib olish uchun o‘rtacha 3,5 milliard dollar sarflash kerak, NBA jamoalari 2,4 milliard dollar va Beysbol oliy ligasi klublari esa 2,07 milliard dollar turadi. Yevropa futboli narx e’tibori bilan nafaqat o‘ta boy amerikalik sarmoyadorlarni, balki “o‘rta sinf boylari” deb atalgan biznesmenlarni ham o‘ziga jalb eta oladi.

“MLS jamoalarining taxminiy qiymatiga qarasangiz, ularning bu aktivlarning haqiqiy iqtisodiy qiymatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Siz buni Yevropa bilan taqqoslay boshlaysiz va “Xyuston Dinamo”ni sotib olish uchun ko‘p pul sarflashingiz yoki bu pulning yarmiga Italiya A Seriyasi klubini sotib olishingiz mumkinligini tushunasiz. Siz futbol jamoasiga egalik qilishdan juda xursand bo‘lasiz, chunki iqtisodiy xavf ancha past bo‘ladi”, – degan edi London Iqtisodiyot maktabi professori Kris Anderson.

Ikkinchi sabab – global raqamlashtirish. Raqamli texnologiyalarni joriy etish postindustrial jamiyatga o‘tgandan keyin sivilizasiya rivojlanishining ajralmas qismiga aylandi va sport ham bundan mustasno emas. Sport nafaqat umumiy taraqqiyotdan ajralgan holda mavjud bo‘lmagani, balki ko‘ngilochar industriyaning bir qismi bo‘lgani uchun ham shunday. Texnologiyadan foydalanish yangi muxlislarni jalb qilish, mavjudlarning qiziqishini saqlab qolish, homiylarni qiziqtirish va, eng muhimi, ko‘proq daromad keltirishi mumkin bo‘lgan noyob tajribalarni yaratish uchun imkoniyatlar ochadi. Amerikaliklar uzoq vaqtdan beri o‘yin-kulgi sohasida birinchi o‘rinda turishgan va ko‘ngilochar biznes ko‘pchilik ulardan o‘rganadigan narsadir.

Mana oddiy misol: 2017 yilda Formula 1 seriyasini targ‘ib qiluvchi guruhni Amerikaning Liberty Media korporasiyasi sotib oldi. Bir yil o‘tgach, ular Netflix’ning Drive to Survive seriyasiga buyurtma berishdi, shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlardagi F-1 muxlislari soni bir necha baravar ko‘paydi. Televizion tomoshabinlar har bir poygada 500 mingdan 1,5 milliongacha sakrashni ko‘rsatdilar. Bu, o‘z navbatida, jamoalarga yangi homiylarni jalb qildi, shuningdek, televizion shartnomalar narxining oshishiga olib keldi.

Amerikaliklar Yevropa klublariga kelganlarida, ko‘pincha ta’sir ko‘lamini kengaytirish haqida gapirishadi, bu esa yangi bozorlarni egallashni nazarda tutadi. Raqamlashtirishsiz buning iloji yo‘q. Masalan, stadiondagi spirtli ichimlik chegirmalari bilan Xitoydagi muxlislarning qiziqishini qozonish imkonsiz – ularga erishish uchun texnologiya kerak.

Uchinchi sabab – pandemiya. Global pandemiya Yevropa klublarini juda zaiflashtirdi. UEFA’ning so‘nggi ikki mavsumdagi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, top jamoalar jami 7,91 milliard dollar yo‘qotgan: 2020 yilda 3,39 mlrd. va 2021 yilda 4,52 mlrd. Yo‘qotishlarning asosiy qismi bo‘sh stadionlar (chiptalar sotishdan tushgan daromad 88 foizga qisqardi), shuningdek, transfer to‘lovlarining kamayishi (40 foiz) sabab bo‘ldi. Ammo bu investorlar bilan yangi bitimlar tuzish uchun qulay shart-sharoitni ham yaratdi.

Ya’ni, klublar yo‘qotishlarni to‘g‘irlaydi, ularga pul kerak, aktivlarining narxi pasayadi, chunki yaxshilanishi kerak bo‘lgan salbiy balans mavjud. Amerikalik investorlarda mablag‘ bor, shuningdek, mahsulot sifatida Yevropa futboliga katta (va uzoq muddatli) qiziqish mavjud. Masalan, 2021 yilda “Kristal Pelas” prezidenti Stiv Perish investor qidira boshladi va bu uni Jon Tekstor tomon yetakladi. Guardian gazetasining xabar berishicha, amerikalik o‘z ulushi uchun 87,5 million funt to‘lagan va shu tariqa klubning uchinchi aksiyadoriga aylangan. Tekstor bir yil avval “Benfika”dan ulush sotib olmoqchi edi, chunki u Yevropa futboliga ishtiyoqmand investorlardan biri.

Pandemiya fonida Italiyaga amerikalik investorlarning katta oqimi kirib keldi. 2020 yilda bir vaqtning o‘zida to‘rtta jamoa AQSH ishbilarmonlari nazoratiga o‘tdi, 2021 yilda esa yana oltita klub bilan shunday voqea sodir bo‘ldi. Ikkinchidan, “Milan”ni ba’zi amerikaliklardan boshqalar sotib olishdi: “Red Bird Capital” investisiya kompaniyasi “Elliott Advisors” bilan klubni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi va loyiha 1,3 milliard dollarga baholanmoqda.

“Red Bird” kompaniyasini sobiq bankir Jerri Kardinale boshqaradi, u taxminan bir yil oldin Beysbolning “Liverpul” va “Boston Red Soks” klublariga egalik qiluvchi “Fenway Sports Group” xolding kompaniyasining 10 foiz ulushini sotib olgan.

Hozir Italiya futbolida amerikalik investorlarga qarashli 11 ta klub bor (faqat Angliyada ko‘proq – 18 ta). Ishbilarmonlarning fikricha, u yerdagi jamoalar boshqa ligalarga nisbatan past baholanadi, ayniqsa pandemiya davrida aktivlar narxi keskin tushib ketgan. “Biz bu yerda rivojlanish bosqichi tufayli o‘sish uchun ko‘proq joy ko‘rmoqdamiz”, – dedi “Jenoa”ga egalik qiluvchi “777 Partners” kompaniyasining boshqaruvchi direktori Xuan Arciniyegas.

To‘rtinchi sabab – biznes qurish imkoniyati. AQSHdagi franchayzing modeli Yevropa tuzilmasidan keskin farq qiladi. Amerikada ijtimoiy tarmoqlardan tortib transferlargacha bo‘lgan hamma narsa liga tomonidan nazorat qilinadi. Bir tomondan, buni ijobiy baholash mumkin, chunki barcha soha demokratiya va liberalizm hukm suradigan aniq qurilgan tizimga ega. Boshqa tomondan, investorlar mustaqillikka ega emas.

Qayd etilishicha, Yevropada “futbolni haqiqiy biznesga aylantirish yo‘llarini topish ancha oson, ammo qiyinchiliklarga qaramay, amerikalik investorlar uchun eng asosiysi reklamani rag‘batlantirish tizimi mavjud.

Bu sodda tuyulishi mumkin, ammo Amerika sport bozori shunchalik gavjum va raqobatbardoshki, jamoa egalari har bir kichik omildan pul ishlashga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, Yevropada an’analarga chuqur sodiqlik tufayli ko‘plab mamlakatlarda o‘yinni tijoratlashtirish poygasida ancha orqada qolgan futbol madaniyati mavjud. Bu yerda ijodkorlik uchun juda ko‘p joy borki, moliyaviy foyda olish AQSHdagiga qaraganda ancha oson. Ayniqsa, buni qanday qilishni tushunsangiz bo‘ldi.

Beshinchi va eng muhim sabab – pul ishlash imkoniyati. Amerikaliklarga tegishli bo‘lgan eng ko‘p klublar Angliyada to‘plangan. Ulardan sakkiztasi APLda, shuningdek, Chempionship va Birinchi ligada ham bor. Hammasi bo‘lib amerikaliklar tomonidan to‘liq yoki qisman nazorat qilinadigan 18 ta jamoa mavjud bo‘lib, Angliya eng qimmat televizion shartnomalar va katta mukofot pullari manbayiga ega.

Masalan, “Milan”ni olaylik. 2018 yilda Amerikaning “Elliott Advisors” kompaniyasi jamoa aksiyalarini sotib olgach, klub balansi 37 million dollarga kamaydi. Uch yil o‘tib, ular moliyaviy hisobotlarini 70 million dollarlik plyus bilan yopdi. Jamoa yetti yil ichida birinchi marta Chempionlar ligasiga chiqdi va bu mavsumda 11 yil kutilgan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, “Milan” uchun yangi amerikalik xaridorlar topildi va ular klubni moliyaviy barqarorlik bilan ta’minlashda davom etishga tayyor.

Yevropa futboliga sarmoya kiritayotgan amerikalik investorlar kim? Ularni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin.

Birinchisi, o‘z boyliklarini asosan xususiy investisiyalar orqali topgan investorlar. Ko‘pincha, Yevropa bozoriga kirishdan oldin, ular Shimoliy Amerikada jamoani boshqarishda tajriba to‘plagan, shuning uchun Yevropada o‘z ta’sirini kengaytirish uchun tajribalaridan foydalanishga qaror qilishadi. Nima uchun ularga sport kerak? Ko‘pincha, ular buni o‘yinga bo‘lgan muhabbatlari bilan bog‘lashadi, lekin aslida ular jamoani uzoq muddatga sarmoya kiritish keyinchalik mustaqil aktivga aylanishiga umid qilishadi. To‘g‘ri, bu har doim ham Yevropa futboli paradigmasiga to‘g‘ri kelavermaydi, bunday hollarda muxlislar klub egalarining ishiga ochiq ravishda norozilik bildirishadi.

Ikkinchisi, investisiya fondlari bo‘lib, ularni bitta tadbirkor yoki guruh boshqaradi. Ko‘pincha ular turli mamlakatlardagi butun jamoalar tarmog‘iga va hattoki ligalarga egalik qilishadi.

Uchinchisi, konsorsiumlar. Aynan shu paytda bir nechta ishbilarmonlar klubga ega bo‘lish uchun birlashadilar. Ulardan biri nazorat paketiga ega bo‘ladi, qolganlari esa minoritar aksiyadorlarga aylanadi.

Yevropa futboli uchun qanday afzallik va xatarlar mavjud?

Afzalliklar

O‘sish uchun ajoyib imkoniyatlar. AQSHda bozor raqobatbardosh, u g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan, Yevropada esa 2010 yillarda rivojlanish nuqtayi nazaridan qotib qolgan o‘nlab jamoalar mavjud. Bundan tashqari, amerikalik investorlar o‘sish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan ta’sir ko‘lamini kengaytirish uchun ichki bozordan foydalanadilar.

Yakka o‘zi qaror qabul qilish qobiliyati. Shimoliy Amerikada ko‘p narsa liganing o‘z qarorlariga bog‘liq, Yevropada esa yagona tartibga solish yo‘q, o‘yinchiga bo‘lgan huquqlar klubga tegishli (bu shuni anglatadiki, jamoa futbolchi roziligisiz uni xohlaganicha tasarruf qilishi mumkin).

Ozchilik ulushi bilan ham qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyati. AQSHda boshqaruvga aralashish uchun aksiyalarning nazorat paketiga ega bo‘lish zarur, Yevropada mulkning kichik ulushi ham investorga biror narsani hal qilish huquqini beradi.

Xatarlar

Jamoa boshqaruviga noto‘g‘ri yondashuv yoki klub uchun ma’qul bo‘lmagan niyatlar moliyaviy halokatga olib kelishi mumkin.

Taraqqiyot yetishmasligi. Yevropadagi muxlislar amerikalik investorlardan farqli o‘laroq futbolni mahsulot sifatida qabul qilishmaydi, shu sababli kapitalistik yondashuv muxlislar bilan munosabatlarga ham, butun jamoa boshqaruviga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xulosa qiilib aytganda, hamma ham rivojlanishdan ortda qolib ketavermaydi. Top-klublar anchadan buyon marketing va strategik menejment bo‘yicha dunyoda eng yaxshi, deb topilgan Shimoliy Amerika o‘quv qo‘llanmalariga taqlid qila boshlagan. Shuning uchun, futbolni asrab qolishni istagan yevropalik biznesmenlar AQSHlik investorlarni hech narsasiz qoldirishi mumkin.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 16:00, 22.06.2022.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.