Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Sportni rivojlantirish vazirligida Argentina elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sportni rivojlantirish vazirligida Argentina elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi.

Uchrashuvda Zzbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Suhbat davomida ikki mamlakatlar o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, kelgusidagi istiqbollari va hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Elchi janoblari Argentina Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini, bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishi va ikki tomonlama aloqalar yo‘lida qat’iy amaliy choralar ko‘rishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov tomonidan ham Argentina mamlakati sport sohasida, xususan futbolda ko‘plab yutuqlarga erishgani va bu borada O‘zbekiston futboli uchun katta tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini ta’kidladi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Argentina futboli jahon miqyosida ulkan nufuzga ega ekanligini qayd etib, ikkala mamlakatning barcha yosh toifalarida, xususan, milliy terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish, futbol murabbiylarini tajriba almashish uchun Argentina murabbiylar markaziga yuborish yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Elchi janoblari Eduardo Antonio Zuaynni mazkur takliflarni qo‘llab quvvatlagan holda, hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar hamda loyihalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 14:57, 24.06.2022.
O'qildi: 1331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик