Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

JCHda muxlislar taqdiri nima bo‘ladi? Qatar musobaqa vaqtida qonunlarni yumshatishga tayyor

JCHda muxlislar taqdiri nima bo‘ladi? Qatar musobaqa vaqtida qonunlarni yumshatishga tayyor

Baho:
+ | -

Jahon chempionati Yaqin Sharqda birinchi marta o‘tkazilayotgani uchun qolganlaridan ancha farq qiladi. Shuning uchun odatiy sanalar – yozning kuchli jaziramasi tufayli turnir birinchi marta kuz va qishda (21 noyabrdan 18 dekabrgacha) o‘tkaziladi.

The Telegraph nashri muxlislar JCH-2022dan nimalarni kutishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Spirtli ichimliklar

Budweiser kompaniyasi FIFA homiylaridan biri, spirtli ichimliklar esa ko‘plab mamlakatlarda futbol ishqibozchiligining muhim qismi ekanligini hisobga olib, Qatar Jahon chempionati vaqtida qonunlarni yumshatishga tayyor. Mamlakatda narxlar odatda juda yuqori bo‘lgan restoran va mehmonxona barlaridan tashqarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Maxsus fan-zonalarda spirtli ichimliklar mehmonxonalarga qaraganda arzonroq sotiladi. Tashkilotchilar sakkizta stadionning barchasida pivo ichishga ruxsat berish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib bormoqda. 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida spirtli ichimliklar aynan muxlislar zonalarida sotilgan.

“O‘yin oldidan pivo ichmoqchi bo‘lgan muxlislar uchun maxsus joylar ajratiladi. Turnirning geografik joylashuvi bois, biz o‘yindan boshqacha zavq olishni xohlovchi muxlislar toifasi ham bo‘lishini kutamiz. Har bir muxlis uchun qandaydir qulaylik yaratiladi”, – dedi tashkiliy qo‘mita ijrochi direktori Nosir Al Xater.

Bundan tashqari o‘yinlar vaqtida mamlakatda qisqa muddatli sayohat qilishni xohlovchilar uchun Yaqin Sharqdagi qo‘shni mamlakatlardan kuniga 160 ga yaqin reyslar tashkil etiladi.

Xavfsizlik

Qatar Jahon chempionati vaqtida bir milliondan ortiq muxlislarni qabul qilishi kutilmoqda. Al Xaterning so‘zlariga ko‘ra, qatarliklar Londondagi Yevro-2020 va Parijdagi Chempionlar ligasi finalidagi yomon tashkilotchilik misollarini yaxshi o‘rganishgan.

Qatarga kirish uchun vizani pasport va shaxsiy chiptalar bilan bog‘laydigan “Hayya Card” ilovasi bilan chiptalardagi qora bozorni yo‘q qilish rejalashtirilgan.

“Chiptasiz muxlislar stadionlarning ichki perimetriga yaqinlashmasligini ta’minlash muhim. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi tashkilotchilikdan qoniqish hosil qildik. O‘ylaymanki, Jahon chempionatida ham xuddi shunday ishlarni ko‘ramiz. Qatar dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri. Bu yerda jinoyatchilik darajasi juda past. Birinchi yoki ikkinchi kunga kelib, muxlislar barcha qo‘rquvni hayollaridan chiqarib tashlashadi”, – dedi Al Xater.

Shuni yodda tutish kerakki, Qatarda har qanday giyohvand moddalarga qarshi kurash juda qattiq. Al Xaterning fikricha, unga qarshi cheklovjoriy etiladi: “Bu har qanday yirik sport tadbiri uchun chidab bo‘lmas holat. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish haqida gap ketganda, tolerantlik yo‘q”.

Britaniya polisiyasi vakili shunday tushuntiradi: “Biz Qatar tashkilotchi jamoasi bilan muntazam muloqotdamiz. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish, savdosi, kontrabandasi va giyohvand moddalarni saqlash (oz miqdorda bo‘lsa ham) uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi. Jazolar orasida uzoq qamoq muddati, katta jarimalar va deportasiya bo‘lishi mumkin”.

Inson huquqlari

Jahon chempionatiga tayyorgarlik davomida nima deyiladi. Xalqaro Amnistiya FIFA’ni Qatardagi inson huquqlari muammolariga ko‘z yumganlikda ayblashda davom etmoqda. Tashkilot 2017 yilda boshlangan muhim mehnat islohotlarini tan oldi, biroq ularning amalga oshirilishidan xavotirda.

Qatarda bir jinslilarning nikoh qurishi noqonuniy hisoblanadi, biroq FIFA vakili ushbu holat bilan bog‘liq sabablarni qo‘llab-quvvatlovchi belgilar (kamalak rangli bayroqlar) stadionlar ichida ham, tashqarisida ham ko‘rsatilishi mumkinligini aytgan.

Stadionlar

O‘tgan haftada Qatardagi metrodan stadiongacha bo‘lgan 600 metrlik masofani piyoda bosib o‘tish 40 daraja issiqda Jahon chempionati pley-off bosqichida terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan Peru va avstraliyalik muxlislar uchun haqiqiy sinov bo‘ldi. Biroq arenaning o‘zida havo harorati 21 darajani tashkil etdi, bu esa o‘yinchilar va muxlislar uchun qulay sharoitni his qilish imkonini berdi.

2022 yilgi Jahon chempionati uchun stadionni kondisionerlash bo‘yicha mas’ul – Saud Abdulaziz Abdul G‘ani shunday javob beradi: “50 daraja issiq haroratda men “21+” haroratni ta’minlay olaman. Texnologiya, havoni sovutadi va changlarni tozalaydi.

Doktor Saudning fikricha, uning javobgarligidagi sovutish texnologiyasi 2026 yilda issiq Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan tortib, jiddiyroq global muammolargacha bo‘lgan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam bera oladi.

“Keyingi qiyinchilik qishloq xo‘jaligidir. Bizda ochlikni bartaraf etish uchun infratuzilma loyihasi mavjud”, – deydi Saud.

Qayd etish mumkin, Qatar Jahon chempionati mezbonligi uchun bir necha yil kurashdi va 2010 yilgi JCH avvalida ushbu huquqni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng, FIFA rahbariyati moliyaviy masalalar sabab iste’fo berdi. Hatto, ushbu mamlakatdan mezbonlik huquqi tortib olinishi ham mumkin edi. Biroq qatarlik shayxlar bir amallab vaziyatni bosdi-bosdi qilishning uddasidan chiqishdi. Shu sababdan Janni Infantino rahbarligidagi Xalqaro futbol uyushmasi talablari an’analarga sodiq Qatar qonunlarini biroz yumshashga majbur qilayotgan bo‘lsa, ajab emas. Aks holda muxlislar uchun bu qadar keng erkinlik yaratilmagan bo‘larmidi?!

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 16:56, 25.06.2022.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.