"Manchester Siti" himoyachisi Lyuk Mbete yangi bitimi haqida fikr bildirdi. U shunday dedi:
"Men o‘zimni omadli deb hisoblayman. Negaki, akademiya hamda klubda ajoyib ustozlarga egaman. Gvardioladan ta’lim olish esa men uchun baxt. Men har kuni yangi narsalar o‘rganmoqdaman. Menimcha, "Manchester Siti"dan ko‘ra yaxshiroq klub yo‘q. Bu yerda yana ko‘proq qolishdan xursandman".
Mbete 2027 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekkan edi.